Mixail Ivanovich Kolesnikov (1951-yil 22-sentyabr, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va rus harbiy rahbari boʻlgan. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar va Xabarovsk oʻlkasidagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish Bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. General-mayor.

Mixail Kolesnikov
Tavalludi 1951-yil 22-sentyabr
Angren, Toshkent viloyati, Oʻz SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Xizmatdagi yillari 19692007
Unvoni General-mayor

Biografiyasi

tahrir

Mixail Kolesnikov 1951-yil 22-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan. 1973-yil Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil olgan.

Harbiy xizmati

tahrir

Mixail Ivanovich 1969-yilda Ribalko nomidagi Toshkent oliy tank qoʻmondonlik zirhli kuchlar marshali bilim yurtiga oʻqishga kirgan va 1973-yilda uni tamomlagan.

1969–1973-yillarda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurti kursanti boʻlgan (Turkiston harbiy okrugi).

1973–1976-yillarda motorli miltiq diviziyasi tank vzvodida komandir lavozimida xizmat qilgan (Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhi).

1978–1979-yillar Toshkent oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurti (Turkiston harbiy okrugi) taʼminot batalonining rota komandiri vazifasida xizmat qilgan.

Yuqori lavozimlari

tahrir

Ivanovich 1999–2005-yillar oraligʻida Xabarovsk oʻlkasining fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan[1].

Mixail Ivanovich Kolesnikov Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining № 49 buyrugʻi bilan 2005-yil 9-fevraldan 2007-yil 10-aprelgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xabarovsk oʻlkasi bosh boshqarmasining birinchi boshligʻi etib tayinlangan[2].

2005–2007-yillarda Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar va Xabarovsk oʻlkasidagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan[3].

Nafaqada

tahrir

General-mayor Kolesnikov 2007–2013-yillarda Federal Logistika Markazi Sochi filiali direktori boʻlib ishlagan.

2013-yildan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Janubiy harbiy okrugi qoʻshma strategik qoʻmondonligi inspektorlar guruhi inspektori boʻlgan. Kolesnikov inspektor sifatida harbiy xizmatchilarni davlat-vatanparvarlik va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan.

Oilasi

tahrir

Mixail Lyubov Borisovna Kolesnikova bilan turmush qurgan. Farzandi Mixail Mixaylovich Kolesnikov.

Manbalar

tahrir
  1. Prikaz MChS Rossii ot 14.12.1999 g. № 314-VK
  2. Voennie inspektori YuVO proveli zanyatiya po obщestvenno-gosudarstvennoy podgotovke s rossiyskimi voennoslujaщimi v Abxazii 2017.
  3. Prikaz MChS Rossii ot 9 fevralya 2005 g. № 49