Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti

Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti[1]. 1941-yilda Ukrainaning Xarkov shahridan Chirchiq shahriga evakuatsiya qilingan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi:

  1. tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
  2. jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari;
  3. havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
  4. havo hujumidan mudofaa qoʻshinlarining boʻlinma, qism va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash. Ularga "leytenant" ofitserlik unvoni va malakasiga muvofiq muhandislik diplomi beriladi.
Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti
Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti
Asos solingan 1941-yil
Oʻquv yurti turi institut
Sohasi harbiy

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash