Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi aloqa muhandislari tayyorlovchi oliy harbiy oʻquv yurtlaridan biri[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti | |
---|---|
Asos solingan | 2019 |
Oʻquv yurti turi | institut |
Tipi | aloqa |
Sohasi | harbiy |
Bakalavriat | 5 yil |
Manzili | 100190, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Mirzaahmedov ko‘chasi, 9-uy |
TarixiTahrirlash
Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.[2]
YoʻnalishlariTahrirlash
- Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
- Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
- Radioelektron razvedka va kurash taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
- Havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻqish muddati 5 yil.