Oliy harbiy bojxona instituti
Oliy harbiy bojxona instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oliy harbiy bojxona instituti — bojxona tizimiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent shahrida joylashgan. 2002-yil 22-mayda bojxona kolleji, Soliq va bojxona akademiyasining bojxona ishi fakulteti negizida tashkil etilgan. Tarkibida bojxona ishi, qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlari hamda 12 kafedra (jangovar, harbiy xizmat, jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi; bojxona nazoratini tashkil etish; tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish va hokazo) bor.
Manzili |
100071, Toshkent shahri, Qozirobod 2-tor ko'chasi 118 uy |
---|---|
Veb-sayti | uzbi.uz/uz/ |
Institutda bojxona tizimidagi kadrlarning bazaviy kasbiy tayyorgarligi oshiriladi, tizim xodimlari qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; bojxona ishi sohasida ilmiy tadqiqotlar ishlarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi oʻquv boʻlinmalari bilan amaliy, uslubiy aloqalar oʻrnatish, ilmiy adabiyotlar tayyorlash va nashr etish ishlari bajariladi. Institutda 2003/2004 oʻquv yilida 125 nafar talaba oʻqidi, 112 nafar professor-oʻqituvchilar ishladi. Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash mavjud. Aspirantura bor. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va metodik qoʻllanmalar nashr etiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |