Mixail Arkadyevich Melkumov (1919-yil 27-sentabrda Shusha shahrida tugʻilgan — 1995-yil 1-mayda Тoshkentda vafot etgan, Oʻzbekiston) — sovet ssenariynavisi, SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Biografiyasi

tahrir

Mixail Melkumov 1919-yilning 27-sentabrida Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahrida tugʻilgan. Bolalik yillarida oilasi bilan Oʻzbekiston SSRga koʻchib oʻtgan va oʻrta taʼlimni shu yerda olgan. Maktabni tugatgach, OʻzGU (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti)ning filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Ammo uni boshqa yoʻnalish qiziqtirgani sabab oʻz iltimosiga binoan 1942-yilda mazkur institutning Ssenariy boʻlimiga oʻtkazilgan.

1947-yilda VGIK (S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti)ni tamomlagan. Shundan soʻng, „Toshkent kinostudiyasi“ (Oʻzbekfilm)ga ssenariy muallifi sifatida ishga qabul qilingan.

Melkumov ushbu dargohda koʻplab ssenariylar yozgan va shulardan 11 tasini suratga olishga muvaffaq boʻlgan. Uning muallifligida tasvirga olingan kino va filmlar uzoq yillar davomida kino ixlosmandlari tomonidan sevib tomosha qilingan.

Yozuvchi Mixail Melkumov 1995-yil 1-mayda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[1]..

Filmografiya

tahrir

Ssenariy muallifi

  • 1948-yil - Fargʻonaning qizi";
  • 1958-yil — „Maftuningman“;
  • 1959-yil — „Furqat“;
  • 1963-yil — „Birinchi tan olinish“;
  • 1964-yil — „Osiyo ustidagi toʻfon“;
  • 1968-yil — „Inqilob chavondozlari“;
  • 1969-yil — „Xavfli tur“;
  • 1970-yil - „Qora konsulning oʻlimi“;
  • 1976-yil — „Uzoq yaqin yillar“;
  • 1981-yil - „Katta qisqa umr“:
  • 1983-yil - „Parol mehmonxonasi Regina“.

Mukofotlari

tahrir

1959-yil 18- martda „Mehnat faxriysi“ medali bilan taqdirlangan.[2]

Manbalar

tahrir