Mixail Prishvin
Mixail Mixaylovich Prishvin [1873.23.1(4.2), Lipetsk viloyati Yelets tumani — 1954. 16. 1, Moskva] — rus yozuvchisi. Leypsig universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1902). Qrim va Qozogʻistonga qilgan safari natijasida esa "Odam Ato va Momo Havo" (1909), "Qora arab" (1910) singari ocherklarini yozgan. "Berendey buloqlari" (1923) ocherki, "Kashchey zanjiri" (1923) va "Turnalar oʻlkasi" (1929) romanlari muallifi. P. butun umri davomida tabiat, ov va oʻlkashunoslik bilan qiziqqani, oʻz hayoti mazmunini tabiat bilan uygʻunlikda koʻrgani uchun ta-biatga mexr motivi uning butun ijodi boʻylab "kizil ip" yangligʻ oʻtib turadi. Uning hatto katta epik asarlarida ham tabiatga boʻlgan mexr, u bilan uygʻunlikda yashash va tabiatni asrash gʻoyasi yotadi. P. 40—50-yillar "Kiyinmagan koʻklam" qissasi, "Fatseliya" nasriy dostoni (1940), "Quyosh xazinasi" (1945) ertak-rivoyati kabi asarlarini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning "Zamin koʻzlari" kun-daliklari, "Osudar yoʻli" (1957) roman-ertagi eʼlon qilingan.[3]
Mixail Prishvin | |
---|---|
Tavalludi | 23 yanvar (4-fevral) 1873 |
Vafoti | 16-yanvar 1954[1][2] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |