Mixail Rostovtsev
Mixail Yakovlevich Rostovtsev (1832-yil 4-noyabr, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi – 1870-yil 11-may, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi[1]) – graf (1861), imperator gvardiyasi kuirassier polkining polkovnigi, mudofaa vazirining yordamchisi, zemstvo rahbari[2].
Mixail Yakovlevich Rostovtsev | |
---|---|
Tavalludi |
4-noyabr 1832-yil |
Vafoti |
11-may 1870-yil (37 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi |
Otasi | Rostovtsev Yakov Ivanovich |
Onasi | Vera Nikolaevna Emina |
Hayoti
tahrirMixail Yakovlevich Rostovtsev 1832-yil 4-noyabrda Sankt-Peterburgda tugʻilgan. U General-ad’yutantning oʻgʻli, dehqonlar islohotining mashhur arbobi Yakov Ivanovich Rostovtsevning oʻgʻli hisoblanadi. Mixail Rostovtsev dastlab Pajes Korpusida tahsil olgan. Keyin u Mixaylovskiy artilleriya maktabida maxsus kursni tamomlagan.
Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1855-yil 8-avgustdan boshlab imperator gvardiyasi Kuirassier polkida kornet boʻlib xizmat qilishni boshlaydi. Oʻsha yilning 19-may sanasida u mudofaa vazirining ad’yutanti etib tayinlangan. 1861-yil 23-aprelda esa Rossiya imperiyasining grafligi darajasiga koʻtarilgan.
Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1861-yil 23-aprelda graf unvonini olgan[3].
Mixail Yakovlevich Rostovtsev keyinchalik polkovnik darajasiga koʻtarilgan. Biroq, 1862-yil 5-iyunda u Gersen bilan munosabatlari uchun xizmatdan chetlatilgan. Bundan tashqari, baʼzi manbalarga koʻra, u liberal jamoat arbobi sifatida ham qayd etilgan, shuningdek, u sanʼatshunos sifatida faoliyat olib borgan. Biroz muddat oʻtgandan soʻng Mixail Rostovtsev yana harbiy xizmatga qaytadi va otliq qoʻshinlar safiga qoʻshiladi. Zemlyanskda u jamoat ishlarida faol qatnashgan, zemstvo hukumati rahbari va tuman maktablarining ishonchli vakili lavozimlarida faoliyat yuritgan[4].
Mixail Yakovlevich Rostovtsev 1870-yil 11-mayda Turkiston general-gubernatorligining Toshkent shahrida vafot etgan.
Oilasi
tahrirOtasi – Rostovtsev Yakov Ivanovich (1804-yil 9-yanvar – 1860-yil 18-fevral).
Adabiyotlar
tahrir- Столетие военного министерства. Указатель биографических сведений, архивных и литературных материалов, касающихся чинов общего состава по канцелярии военного министерства с 1802 до 1902 г. включительно. Книга 2 стр 554.
Manbalar
tahrir- ↑ „Михаил Яковлевич гр. Ростовцев (Ростовцев) (1832“. www.geni.com. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Коллекция онлайн“. www.rusmuseumvrm.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Михаил Яковлевич Ростовцев“. www.rodovid.org. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Где же на самом деле похоронили графа Ростовцева?“. www.mytashkent.uz. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.