Mixirakula (6-asr) — oq hunlar — eftaliylar sardori (515—6-asr oʻrtasi). Shim.-Gʻarbiy Hindiston (poytaxtiShakala shahri, hozirgi Sialkot)da hukmronlik qilgan. M. tasarrufidagi mulklar JamnaGang vodiysiga, Gvaliorgacha tarqalgan. 528 yil hind hukmdorlari birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan, bu eftaliylarning Hindistonga keyingi yurishlariga barham bergan. Ularning ixtiyorida faqat Hind daryosi vodiysigina saqlanib qolgan. Hind xalqi tarixiy anʼ-anasida M. zolim, mustabid podshoh va shafqatsiz, qahrli istilochi sifatida aks ettirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil