Miya qattiq pardasi
Qattiq parda (lotincha: dura mater, grech. pachymeninx) – bosh miya va orqa miyani qoplaydigan uchta pardadan biri. U eng yuzaki, yumshoq va araxnoidal pardalarning ustida joylashgan.
Tuzilishi
tahrirQattiq parda tashqi va ichki yuzaga ega boʻlgan zich biriktiruvchi toʻqimadan hosil boʻladi. Tashqi yuzasi silliq emas, qon tomirlariga boy[1]. Orqa miya kanalida u kanal devorlaridan yogʻ toʻqimasi va ichki umurtqalar venoz chigali bilan toʻldirilgan epidural boʻshliq orqali ajralib turadi, umurtqalararo teshiklarda periost bilan birlashadi va orqa miya nervlari uchun qobiqlarni hosil qiladi. Bosh suyagida dura mater toʻgʻridan-toʻgʻri suyaklarga tutashgan boʻlib, bosh suyagi asosi suyaklari suyakusti pardasi va kalla suyaklari orasidagi choklar bilan birlashadi[2]. Dura materning miyaga qaragan ichki yuzasi silliq, yaltiroq, endoteliy bilan qoplangan[3]. U va araxnoidal parda oʻrtasida oz miqdordagi suyuqlik bilan toʻlgan tor subdural boʻshliq mavjud.
Qattiq pardaning sinuslari va oʻsimtalari
tahrirBaʼzi sohalarda miyaning qattiq pardasi miyaning yoriqlariga oʻsimtalar hosil qilib kiradi. Oʻsimtalarning kelib chiqish joylarida qattiq parda 2 qatlamga boʻlinib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shaklidagi kanallar – qattiq pardaning sinuslarini hosil qiladi. Sinuslarning devorlari mahkam choʻzilgan, ularda klapanlar yoʻq. Sinuslarda miya tomirlari, qattiq parda, koʻz kosasi va kalla suyaklaridan oqadigan venoz qon yigʻiladi. Sinuslardan qon ichki boʻyinturuq venasiga kiradi. Zaxira venoz tomirlar (v.emissaria) orqali sinuslar va bosh suyagining tashqi yuzasi tomirlari oʻrtasida bogʻlanish mavjud[3].
Qattiq parda oʻsimtalari:
- Miya oʻrogʻi (falx cerebri) – miya yarim sharlari orasida joylashgan;
- Miyacha oʻrogʻi (falx cerebelli)- miyacha yarim sharlari orasidagi boʻshliqqa kirib, ensa suyagiga borib, ichki ensa qirrasidan katta ensa teshigiga birikadi.
- Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) – miyacha va miyaning ensa boʻlaklari oʻrtasida joylashgan;
- Turk egarchasi diafragmasi (diaphragma sellae)- turk egari ustiga tortilgan; markazida quygʻich – infundibulum oʻtadigan teshik bor (lotincha: infundibulum sellae turcicae).
Innervatsiyasi
tahrirQattiq pardaning innervatsiyasi bosh miya nervlarning meningeal shoxlari yordamida amalga oshiriladi va miya tuzilmalarining joylashishiga qarab farqlanadi[4]:
Oldingi kalla chuqurchasida – uch shoxli nerv (lotincha: n. trigeminus)ning birinchi tarmogʻi boʻlgan koʻrish nervining meningeal shoxchasi innervatsiya qiladi (lotincha: ramus meningeus nervi ophthalmici).
Oʻrta kalla chuqurchasida – uch shoxli nervning ikkinchi va uchinchi shoxlari boʻlgan yuqori va pastki jagʻ nervlarining meningeal shoxlaridan innervatsiya oladi (lotincha: rr. meningei nn. maxillaris et mandibularis).
Orqa kalla chuqurchasining innervatsiyasi adashgan nervning meningeal shoxchasi tomonidan amalga oshiriladi (lotincha: ramus meningeus nervi vagi)[5].
Qon bilan taʼminlanishi
tahrir- A. carotis interna
- A. meningea media
- vv. meningeae mediae
- v. jugularis interna
Tasvirlar
tahrir-
Bosh miya pardalari
-
Kalla suyagi kesmasi
-
Autopsiya. Oq varaq pinset bilan ushlab turilgan - qattiq parda
-
Qattiq parda
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Sapin M. R., Bryksina Z. G. – Odam anatomiyasi // Taʼlim, 1995-yil
- Sinelnikov R. D. – Inson anatomiyasi atlasi III jild // Tibbiyot, 1974-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Santorella, E; Balsbaugh, JL; Ge, S; Saboori, P; Baker, D; Pachter, JS (19 October 2023). "Proteomic interrogation of the meninges reveals the molecular identities of structural components and regional distinctions along the CNS axis.". Fluids and Barriers of the CNS 20 (1): 74. doi:10.1186/s12987-023-00473-w. PMID 37858244. PMC 10588166. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10588166.
- ↑ Mescher, A. Jonqueira's Basic Histology, 17th, McGraw Hill, 2024 — 179-bet. ISBN 9781264930395.
- ↑ 3,0 3,1 Dasgupta, K; Jeong, J (May 2019). "Developmental biology of the meninges.". Genesis 57 (5): e23288. doi:10.1002/dvg.23288. PMID 30801905. PMC 6520190. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6520190.
- ↑ 'Gray’s Anatomy for Students' 2005, Drake, Vogl and Mitchell, Elsevier
- ↑ Keller, Jeffrey T.; Saunders, Mary C.; Beduk, Altay; Jollis, James G. (1985-01-01). "Innervation of the posterior fossa dura of the cat". Brain Research Bulletin 14 (1): 97–102. doi:10.1016/0361-9230(85)90181-9. ISSN 0361-9230. PMID 3872702. https://archive.org/details/sim_brain-research-bulletin_1985-01_14_1/page/n102.