Miyelotsitlar (yun. myelos — koʻmik va kytos — hujayra) — umurtqali hayvonlar va odamning qizil koʻmigidan qon hosil qiladigan toʻqima hujayralaridan. Promiyelotsit bosqichini oʻtib, gemotsitoblastlarda hosil boʻladi. Normal holatda qon oʻzanida M. boʻlmaydi, baʼzi kasalliklar (mas, leykoz)aa qonda M. paydo boʻlishi mumkin. M.dan granulotsitlar vujudga keladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil