Moʻgʻuliston parlament saylovi (2024)
2024-yilning 28-iyun kuni Moʻgʻuliston Davlat Buyuk Xuraliga saylovi boʻlib oʻtgan[1]. 2023-yilda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishdan soʻng, parlament aʼzolari soni 76 nafardan 126 nafarga oʻzgartirildi.
Tarixi
tahrir2020-yilgi parlament saylovlarida Mo‘g‘uliston xalq partiyasi parlamentda mutlaq koʻpchilikni qoʻlga kiritgan va yangi hukumat tuzgan. Biroq, 2021-yilda hukumat mamlakatda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizliklari xalq orasida norozilik namoyishlari koʻtarilishiga va Bosh vazir Uxnaagiin Xurelsuxning isteʼfoga chiqishiga olib kelgan[2] . Hukumatning shafofligi va legaligi 2022-yilgi norozilik namoyishlari chogʻida taxminan 12,9 milliard dollarlik koʻmir oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq korrupsiya mojarosidan soʻng soʻroq ostida qolgan[3].
2022-yil avgust oyida Moʻgʻuliston Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaning 39-moddasi 1-qismini bekor qildi, unda „Bosh vazir va hukumatning toʻrt nafardan ortiq aʼzosi Davlat Buyuk Xuraliga aʼzo boʻlishi mumkinligi belgilangan“ edi. 2022-yil bahorgi navbatdan tashqari sessiyasining ochilishida Davlat Buyuk Xurali Raisi Gombojavin Zandanshatar shunday dedi: „Ushbu oʻzgarishlar munosabati bilan parlament deputatlari soni bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish va hal qilish zarurati tugʻildi, shuningdek, Milliy konsensus ishchi guruhini tuzish va bu masalani hal etish yoʻllarini muhokama qilish orqali parlament demokratiyasini rivojlantirish zarur“.
2023-yil 2-iyun kuni Davlat Buyuk Xurali Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritib, deputatlar sonini 76 nafardan 126 nafarga yetkazdi[4][5].
Saylov tizimi
tahrirYangi qonun qabul qilingandan soʻng saylovlar parallel tizimda oʻtkazila boshladi. 13 mandatli saylov okrugi va 48 deputat mandati boʻyicha 78 deputat koʻp mandatli ovoz berish yoʻli bilan milliy darajada proporsional vakillikning yopiq roʻyxati boʻyicha saylovda saylandi (Alohida partiyalar uchun 4%, ikki partiyali koalitsiya uchun 5% va uch yoki undan ortiq partiyalar koalitsiyalari uchun 7%)[6]. Proportsional oʻrinlarga ega boʻlish uchun partiyalar va koalitsiyalardan har bir okrugdagi oʻrinlarning kamida yarmida nomzodlar ishtirok etishi ham talab qilingan. Partiya roʻyxatlari „vertikal paritet“ tizimiga mos kelishi, partiya nomzodlarining umumiy gender nisbati 70:30 dan ortiq yoki 30:70 dan kam boʻlmasligi kerak. Okrug saylov natijalari haqiqiy deb topilishi uchun saylovchilarning kamida 50% ishtirok etishi zaruz, aks holda ushbu okrug boʻyicha ovoz berishning qoʻshimcha bosqichi oʻtkazilishi kerak[7].
Kampaniyaning borishi
tahrirMuxolifatchining oʻldirilishi
tahrir2024-yilning 16-iyun kuni Demokratik partiya aʼzosi va Sant shahri gubernatori kaltaklanib oʻldirilgan[8]. Aniqlanishicha, jinoyatchi 1-saylov okrugidan Moʻgʻuliston Xalq partiyasi (MP) nomzodi Gursediin Sayxanbayar targʻibotchisi boʻlgan[9]. Bunga javoban MDP Sayxonboyor nomzodini qaytarib olishga qaror qilgan. Biroq, Bosh Saylov Komissiyasi (OSK) nomzod roʻyxatga olingan, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma berilgan va saylov byulleteniga ismi-sharifi yozilgan boʻlsa, nomzodni chaqirib olish mumkin emasligini taʼkidlagan[10][11]. G.Sayxonboyor ham saylovoldi tashviqotini davom ettirishini va saylovda ishtirok etishini bildirgan[12].
Jamoatchilik fikrini oʻrganish
tahrirSoʻrovnoma oʻtkazganlar | Sana | Namuna (shaxslar) |
MNP | DP | MNRP | TNP | NK | Boshqa | Mustaqil | Yoʻq | Qarorsiz Javob yoʻq Bilmayman |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Sant Maral[13] | 23-aprel – 19-may 2024-yil | 1 000 | 25,1% | 20,5% | – | 5,2% | 0,9% | 9,7% | – | 4,5% | 34,1% |
MEC Barometer | 3-10-aprel 2024-yil | 980 | 22% | 17% | – | 10% | 6% | 15% | – | – | 30% |
Sant Maral | 18-mart – 16-aprel 2023-yil | 1 000 | 13,6% | 10,7% | – | 2,3% | – | 1,4% | – | 6,7% | 65,3% |
Sant Maral | 3-may – 10-iyun 2022-yil | 1 200 | 21,4% | 10,2% | – | 3,1% | – | 0,3% | – | 3,7% | 61,4% |
28-may 2021-yil | MNP va MPRP qoʻshilishi | ||||||||||
Sant Maral | 1–16-aprel 2021-yil | 1 210 | 20,7% | 9,7% | 2,4% | 3,6% | – | 0,5% | 0,2% | 4,4% | 58,4% |
2020-yilgi saylovlar | 24-iyun 2020-yil | – | 44,9% | 24,5% | 8,1% | 5,2% | – | 8,5% | 8,7% | – | – |
Natijalar
tahrirPartiya | Partiya roʻyxatiga koʻra | Tuman boʻyicha | Jami joylar | Oʻzgartirish | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ovozlar | % | Joylar | Ovozlar | % | Joylar | ||||
Moʻgʻuliston xalq partiyasi | 509 482 | 35,01 | 18 | 50 | 68 | 6 | |||
Demokratik partiya | 438 506 | 30,13 | 16 | 26 | 42 | 31 | |||
Mehnat milliy partiyasi | 151 111 | 10,38 | 6 | 2 | 8 | 7 | |||
Milliy koalitsiya | 75 196 | 5,17 | 4 | 0 | 4 | yangi | |||
Fuqarolik irodasi – Yashil partiya | 73 006 | 5,02 | 4 | 0 | 4 | 4 | |||
Yangi Birlashgan Koalitsiya | 69 682 | 4,79 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Haqiqat va adolat partiyasi | 40 783 | 2,80 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Fuqarolik harakati partiyasi | 20 443 | 1,40 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Moʻgʻuliston Respublika partiyasi | 19 635 | 1,35 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Fuqarolik birligi partiyasi | 13 733 | 0,94 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Xalq kuchi partiyasi | 10 614 | 0,73 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Yaxshi demokrat fuqarolarning birlashgan partiyasi | 6 104 | 0,42 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Eh oron /Vatan/ | 5 621 | 0,39 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Ozodlik partiyasi | 4 738 | 0,33 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Ommaviy koʻpchilikni nazorat qiluvchi partiya | 3 619 | 0,25 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Moʻgʻuliston xalq partiyasi uchun | 3 461 | 0,24 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Moʻgʻuliston Liberal-demokratik partiyasi | 2 820 | 0,19 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Birlashgan vatanparvarlar partiyasi | 2 168 | 0,15 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Moʻgʻuliston sotsial-demokratik partiyasi | 1 531 | 0,11 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Moʻgʻuliston konservativ partiyasi | 1 485 | 0,10 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Ozodlikni amalga oshirish partiyasi | 1 450 | 0,10 | 0 | 0 | 0 | ▬ | |||
Umumiy maʼlumot | |||||||||
Boʻsh va yaroqsiz | 2 642 | 0,18 | |||||||
Jami | 1 457 830 | 100 | 48 | 100 | 78 | 126 | 50 | ||
Saylovchilar soni | 2 103 034 | 69,32 | 2 089 935 | ||||||
Manba: Ikon |
Oqibatlari
tahrirMamlakat bosh vaziri Luvsannamsrain Oyuun-Erdene 29-iyun kuni erta tongda Moʻgʻuliston Xalq partiyasi parlamentda 68 oʻrinni qoʻlga kiritganini eʼlon qilgan (bu Buyuk Xuraldagi oddiy koʻpchilik uchun yetarli hisoblanadi)[14]. „Demokratik partiya“ ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, 1996-yilgi saylovlarda partiya tashkil topganidan beri oʻz tarixidagi eng katta oʻsishni koʻrsatgan. Luvsannamsrain Oyuun-Erdene muxolifatning kuchli faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va bu Moʻgʻuliston demokratiyasining sogʻlom ekanligini va „turli va qarama-qarshi fikrlarga ega boʻlish demokratiyaning mohiyati“ ekanligini takidlagan[15].
Manbalar
tahrir- ↑ Ocherednie parlamentskie vibori v Mongolii proydut 28 iyunya 2024 goda
- ↑ Mongoliaʼs Prime Minister Offers Shock Resignation Amid Protests
- ↑ Protestuyuщie v stolitse Mongolii vorvalis v Dvores Pravitelstva
- ↑ Number of Parliament Members to be Raised to 126
- ↑ V Mongolii prinyali noviy zakon o viborax v parlament, gde jenщini zaymut 30% mest
- ↑ UIX-in songuuliyn tuxay xuuld shineer orson zarim zoxitsuulaltuud
- ↑ Parliamentary Elections 2024: Yet Another New Election System
- ↑ Mongolia opposition candidate beaten to death during election campaign
- ↑ General Police Department: It was found that Sant Sum election propagander killed democratic party member
- ↑ MAN Batlan xamgaalaxin sayd G.Sayxanbayarig ner devshigchees ergүүlen tatax uls tөriyn shiydver gargalaa
- ↑ SYeX: G.Sayxanbayarin neriyg sanalin xuudasnaas xasax bolomjgүy
- ↑ G. Saikhanbayar: I will continue my election campaign and compete
- ↑ „Mongolia, Sant Maral poll“. x.com. Asia Elects. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ Mongoliaʼs governing party wins only a slim majority in parliamentary election, early results show
- ↑ Preliminary election results show Mongolian Peopleʼs Party in the lead