Moʻylovli baliqlar
(Mo‘ylovli baliqlardan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moʻylovli baliqlar (Barbus) -karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Daryo va koʻllarda yashaydi yoki oʻtkinchi baliqlar. Ogʻzi yonida ikki juft moʻylovi, orqa suzgichida tishchalari, baʼzan silliq tikani boʻladi. Koʻpchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol moʻylovli baligʻi (B.brachycephalus)ning uz. 1 m gacha, vazni 20 kg gacha. 5—6 yilda voyaga yetadi. Uvildiriq tashlash uchun may—iyul oylarida Amudaryo va Sirdaryoga oʻtadi. 540,7 ming tagacha tuxum qoʻyadi. Uvildiriqlari yirik, pelagik (suvda qalqib turadi). Orol dengizida, asosan, mollyuskalar bilan oziqdanadi. Moʻylovli baliqlar ovlanadi. Hozir soni keskin kamayib ketgan.[1]
Moʻylovli baliqlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |