Moddiy boylik, moddiy neʼmat — muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan narsa, hodisa, mehnat mahsuloti; milliy boyliknnng tarkibiy qismi. Tabiatdagi tabiiy inʼomlar (mas, yer, havo, iqlim va boshqalar); ishlab chiqarilgan mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, binolar, insho-otlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqalar). Baʼzan ayrim iqtisodchilar (mas, A. Marshall) Moddiy boyliklarni oʻzlashtirish boʻyicha munosabatlar (patentlar, mualliflik huquqi, pul qoʻyilmalari)ni ham Moddiy boylikga kiritadilar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil