Modellashtirish
Modellashtirish — ilmiy faoliyatnining keng tarqalgan shakllaridan biridir. Barcha fanlarda modellashtirilayotgan hodisalar haqida maʼlumot olishda, farazlar va nazariyalarni ishlab chiqishda modeldan foydalaniladi. Shu jumladan tarixchilar ham bu uslubdan tadqiqotlar jarayonidan keng foydalanadilar. Tarixiy hodisalarni modellashtirish mantiqiy shakllantirish yordamida amalga oshiriladi, yaʼni fikran mazmun-vazifaviy reja shakllantiriladi. Modellashtirish soddalashtirish, ideallashtirish va abstraktlashtirish bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi. U manbalardagi maʼlumotlarning reprezentativligini tekshirishda, dalillarning ishochliligini, farazlar va nazariyalarning haqiqiyligini tekshirish imkonini beradi. Masalan, jamoaning holatini oʻrganish uchun uni modellashtiradigan boʻlsak, bunda sotsiologiya, huquq, psixologiya hamda jamoaning oʻziga xosligi omillarini ham eʼtiborga olish talab etiladi. Bu esa oʻz navbatida fanlararo yondashuv uslubining qoʻllanilayotganligini ham anglatadi. Bu jarayonda bir holatni hisobga olish kerakki, boshqa bir fanning modelini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etish maqsadga muvofiq emas, uni fanining tuzilishi mohiyati nuqtai-nazaridan shakllantirish lozim.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Ilhomov Ziyovutdin Adxamovich. Tarix fanining nazariy asoslari (O'zbek), 2020 — 111--bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |