Modifikatsiyalar (lot modifi catio, modus — oʻlchov, koʻrinish va facio qilish) — tashqi muhit omillari taʼsirida bir xil genotipga ega boʻlgan organizmlar oʻrtasida vujudga keladigan fenotipik farqlar. Mas, Xitoy navroʻzguli (Primula sinensis)ning gullari nisbatan past haroratda parvarish qilinganda qizil, 30° va undan yuqori haroratda oʻstirilganda oq boʻladi. Uning gullari shakllanayotgan davrda haroratni boshqarish orqali qizil, och qizil va oq gulli oʻsimliklarni yetishtirish mumkin. Odatda, M. keyingi avlodlarga berilmaydi, ammo davomli M.da fenotipik oʻzgarishlar tashqi omillar taʼsiri toʻxtaganidan keyin ham bir necha avlod davomida saqlanib, asta-sekin yoʻqolib boradi. Bunday M. mexanizmi hozirgacha aniqlanmagan, ularning namoyon boʻlishi, sitoplazmatik tuzilmalarning oʻzgarishi bilan bogliqligi taxmin qilinadi. M. fenotipning genotip bilan tashqi sharoitning oʻzaro taʼsiri tufayli namoyon boʻlishi, tashqi sharoitning oʻzgarishi genotipga daxlsiz boʻlmasdan fenotipning oʻzgarishiga olib kelishi bilan bogliq. M.ning evolyusiyadagi ahamiyati organizmning ontogenez davomida oʻzgaradigan tashqi muhit omillariga moslanishini taʼmin etishdan iborat. Morfozlar va fenoko-piyalar M.ning xususiy holatlari hisoblanadi (yana qarang Mutatsiya).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil