Mohamed El Sayid Mohamed El Shenawy Gomaa (arabcha: محمد السيد محمد الشناوي جمعة) 1988-yil 22-dekabrda tugʻilgan — misrlik professional futbolchi, „Al Ahli“ va Misr milliy futbol jamoasida darvozaboni sifatida oʻynaydi.

Mohamed El Shenawy
2018-yi El Shenawy Misr safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mohamed El Sayed Mohamed El Shenawy Gomaa[1]
Tavallud sanasi 18-dekabr 1988-yil (1988-12-18) (35 yosh)[2]
Tavallud joyi El Hamool, Kafr El Sheikh, Misr[3]
Boʻyi 1.91 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Ahli
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2002 El Hamoul SC
2002-2009 Al-Ahli
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2008 Al Ahly 1 (0)
2009-2013 Talaʼea El Gaish 43 (0)
2012-2013 Haras El Hodoud (ijara) 15 (0)
2013-2016 Petrojet 82 (0)
2016- Al-Ahli 111 (0)
Milliy terma jamoa
2021 Misr Olimpiya jamoasi 4 (0)
2018- Misr 40 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 26-dekabr uchun)

U oʻz faoliyatini yoshligida „Al Ahli“da boshlagan, ammo 2009-yilda „Talaʼea El Gaish“ safiga qoʻshildi. U 2013-yilda Petrojet klubiga qoʻshilishdan avval Xaras El Hodoud jamoasida ijarada oʻynagan. U 2016-yil iyul oyida „Al Ahli“ga qaytdi. U Afrikadagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi. U klubga 2016-17, 2017-18, 2018-19 va 2019-20-yillarda ketma-ket 3 marta Misr Premer ligasi chempionligini va 2019-20 va 2020-21-yilgi mavsumlarda ketma-ket 2 marta CAF Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

U 2018-yilning mart oyida oʻrtoqlik oʻyinida Misr terma jamoasi safida debyut qilgan va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida Misrning dastlabki ikkita oʻyinida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

El Shenawy yoshlik paytidagi faoliyatini oʻzining tugʻilgan shahri „El Hamul SC“ klubida Al-Ahliga koʻchib oʻtishdan oldin boshlagan[4]. U 2002-yilda oʻn toʻrt yoshida klubga qoʻshilgan[5]. U 2009-yilda klub tomonidan erkin agent sifatida qoʻyib yuborilgan[6]. Erkin agent boʻlganidan soʻng, u Misr Premer ligasi vakili Talaʼea El Gaishga qoʻshildi[5]. El Gaish aʼzosi boʻlib, El Shenawy faoliyatini Xaras Haras El-Hodood safida ijarada oʻtkazdi.

El Shenawy Petrojet klubiga 2013-yilda qoʻshilgan. Uning 2015-16-yilgi mavsumda yigirma ikki oʻyinda maydonga tushib birorta gol oʻtkazib yubormaganligi oʻzining sobiq jamoasi „Al Ahli“ murabbiyi Martin Jolning eʼtiborini tortgan[7].

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

El Shenawy Misr milliy terma jamoa sharafini 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida himoya qildi va keyinchalik 2007-yil Afrika yoshlar chempionatida Misrning 20 yoshgacha boʻlgan milliy futbol jamoasida oʻynadi. 2013-yilda Misr Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan xalqaro uchrashuvda El Shenawy debyut qilishdan oldin Misrning kattalar jamoasiga bir necha bor chaqiruv olgan[8].

2018-yilning may oyida u Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionati uchun Misr terma jamoasining dastlabki tarkibidan joy oldi[9]. U turnir oldidan Kolumbiya va Belgiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etgan va Urugvayga qarshi turnirning ochilish oʻyinida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushirilgan[10].

Yutuqlar tahrir

Al-Ahli
  • Misr Premer ligasi: 2007-08, 2016-17, 2017-18, 2018-19, 2019-20
  • Misr kubogi: 2016-17, 2019-20
  • Misr Superkubogi: 2017, 2018
  • CAF Chempionlar Ligasi: 2019-20, 2020-21
  • CAF Superkubogi: 2021 (may), 2021 (dekabr)

Manbalar tahrir

  1. „2018 FIFA World Cup Russia: List of players: Egypt“. FIFA (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Mohamed El Shenawy“. Al Ahly SC. 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  3. Mohamed El Shenawy Soccerway saytida. Qaralgan sana: 21 June 2018.
  4. „Ahly sign Petrojet goalkeeper Mohamed El-Shennawy“. Ahram Online (10-iyul 2016-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  5. 5,0 5,1 „No rest for Shennawy“. Egypt Today (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  6. „Al Ahly sign Mohamed El-Shennawy“. KingFut.com (10-iyul 2016-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  7. Marwan Ahmed. „Al Ahly open negotiations for Petrojet goalkeeper“. KingFut.com (16-mart 2016-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  8. Khaled Ali. „Ronaldo's late double cancels Salah opener as Egypt lose to Portugal“. KingFut.com (24-mart 2018-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  9. Watson, Jack. „Egypt World Cup squad guide“. The Independent (4-iyun 2018-yil). 15-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2018-yil.
  10. Mohamed El Shenawy at National-Football-Teams.com