Mohamed Salim Fares (talaffuzi: Muhammad Salim Fares) 1996-yil 15-fevralda Fransiyaning Aubervilliers hududida tavallud topgan. Jazoirlik futbolchi „Lazio“ klubi himoyachisi, „Torino“ va Jazoir terma jamoasida ijara asosida oʻynaydi. 

Mohamed Fares Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Mohamed Salim Mohamed Salim Fares
Tugʻilgan 15-fevral 1996-yil(1996-02-15)[1][2][3](26 yosh)
Fuqaroligi Flag Aljira Aljir
Flag Fransii Fransiya
Boʻyi 183 cm
Vazni 75 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Italii Torino
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Mohamed Salim Fares Fransiyada jazoirlik immigrant boʻlgan ota-onadan dunyoga kelgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Mohamed Salim Fares „Bordo“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda u Italiyaning „Hellas Verona“ akademiyasiga oʻqishga kirdi. 2014-yil 2-dekabr kuni Italiya kubogi doirasida „Perugia“ga qarshi o‘yinda Mohamed Salim Fares asosiy tarkibda debyut qildi[4]. 14-dekabr kuni „Udinese“ga qarshi oʻyinda Mohamed Salim Fares ikkinchi boʻlimda Alessandro Agostini oʻrniga maydonga tushib, Italiya A seriyasida debyut qildi[5]. 2016-yilda klub B Seriyaga tushib ketdi, biroq Mohamed Salim Fares jamoada qoldi va bazadan joy egallab, „Hellas Verona“ning bir yildan keyin elitaga qaytishiga yordam berdi.

2018-yilning 1-iyulida Muhammad Salim Fares „Verona“dan „SPAL“ klubiga o‘tadi.2019-yilning 27-yanvarida „Parma“ga qarshi o‘yinda futbolchi „Verona“ safidagi ilk golini urdi.

Genoa va Torinoga ijarasi tahrir

2021-yil 31-avgustda Mohamed Salim Fares 2022-yil 30-iyungacha ijara asosida „Genoa“ klubiga o‘tishi ommaga eʼlon qilindi.

2022-yilning 14-yanvarida Mohamed Salim Faresni sotib olish sharti bilan „Torino“ga yangi ijaraga o‘tishi belgilandi. Uning mavsumi mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli toʻrt kundan keyin yakunlanishiga toʻgʻri keldi.

Terma jamoadagi karyerasi tahrir

Mohamed Salim Fares 2017-yilning 7-oktabrida JCh-2018 saralashida Kamerunga qarshi oʻyinda Jazoir terma jamoasi safida debyut qilgan[6].

Jamoalari tahrir

Nomi Mamlakat Mavsum
Hellas Verona   Italiya 2014-2019
S. P. A. L. 2013 (ijara)   Italiya 2018-2019
S. P. A. L. 2013   Italiya 2019-2020
S. S. Lazio   Italiya 2020-
Genoa C. F. C. (ijara)   Italiya 2021-2022
Torino F. C. (ijara)   Italiya 2022-hozirgacha

Manbalar tahrir

  1. Mohamed Fares // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Mohamed Fares // FBref.com (mn.)
  3. MOHAMED SALIM FARES // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. „Эллас Верона VS. Перуджа 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 2-dekabr). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  5. „Удинезе VS. Эллас Верона 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-dekabr). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  6. „Камерун VS. Алжир 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 7-oktyabr). 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.