Mohammed Khalid Saeid (talaffuzi: Muhammad Xolid Said; 1990-yil 24- dekabrda Shvetsiyaning Örebro shahrida tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Sirius“ futbol klubi va Eritreya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Mohammed Saeid
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mohammed Khalid Saeid
Tavallud sanasi 24-dekabr 1990-yil (1990-12-24) (33 yosh)
Tavallud joyi Örebro, Shvetsiya
Boʻyi 1.70
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Trelleborg
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2002 BK Forward
2002—2009 West Bromwich Albion
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 BK Forward 56 (8)
2012—2014 Örebro SK 68 (7)
2015—2016 Columbus Crew 50 (0)
2017 Minnesota United 3 (0)
2017 Colorado Rapids 29 (1)
2018 Lyngby BK 6 (0)
2018—2021 IK Sirius 76 (13)
2021— Trelleborg 37 (4)
Milliy terma jamoa
2019— Eritreya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-dekabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Mohammed Saeid „BC Forward“ futbol klubi bitiruvchisi. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlardan birida Angliyaning „Fulham“ jamoasiga qarshi oʻyinda unga „West Bromwich“ futbol klubi skautlari qiziqish bildirgan. Klub Mohammed Saeidga shartnoma tuzishni taklif qilgan. 2009-yilda Mohammed Saeid oʻz Vataniga qaytib, „BC Forward“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2010-yilda Shvetsiya birinchi divizionida jamoa safida debyut qilgan. Ikki yil oʻtgach, Mohammed Saeid „Örebro“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2-aprel kuni „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Allsvenskan“ futbol klubida debyut qilgan[1]. 16-may kuni „AIK“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Mohammed Saeid „Örebro“ safida ilk golini urgan[2]. 2015-yilda erkin agent sifatida u „Columbus Crew“ MLS futbol klubiga oʻtgan[3]. Amerika ligasida u 14-mart kuni Kanadaning „Toronto“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. Mohammed Saeid debyut mavsumida jamoaga finalga chiqishga yordam bergan. 23-avgust kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urgan[5]. 2017-yilgi mavsum oxirida „Colorado Rapids“ futbol klubi Mohammed Saeid bilan shartnoma tuzgan[6]. 2017-yilning 29-dekabrida Mohammed Saeid Daniya Superligasida „Lyngby“ futbol klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan[7]. 2018-yilning 3-avgustida u 2021-yilgacha shartnoma imzolab, Shvetsiyaning „Sirius“ jamoasiga o‘tgan[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

Mohammed Saeid Eritreya terma jamoasidagi debyutini 2019-yilning 10-sentabr kuni JCh-2022 saralashida Namibiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
BK Forward   Angliya 2002
West Bromwich Albion   Angliya 2002—2009
Örebro SK   Shvetsiya 2012—2014
Columbus Crew   AQSh 2015—2016
Lyngby BK   Daniya 2017
Minnesota United   AQSh 2018
IK Sirius   Shvetsiya 2018—2021

Manbalar tahrir

  1. „Эребру VS. Отвидаберг 3:4“ (en). soccerway.com (2012-yil 2-aprel). 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  2. „Эребру VS. АИК 2:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 16-may). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  3. „Crew signs midfielder Mohammed Saeid“ (en). Columbus Crew SC (2014-yil 29-oktyabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  4. „Коламбус Крю VS. Торонто 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-mart). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  5. „Match Report: Colorado Rapids fall 2-1 at Portland Timbers“ (en). Colorado Rapids (2017-yil 23-avgust). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  6. „Colorado Rapids announce roster moves ahead of 2018 campaign“ (en). Colorado Rapids (2017-yil 27-noyabr). 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  7. Kristian Maimann. „Lyngby henter midtbaneprofil i Major League Soccer“ (da). Lyngby Boldklub (2017-yil 29-dekabr). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  8. „Mohammed Saeid klar för Sirius“ (sv). Sirius Fotboll (2018.08.03). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.