Mohira Abdullayeva

oʻzbeklik bokschi, 81 kg dan ortiq vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Mohira Abdullayeva (tugʻ. 1994-yil 28-may, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston[1]) — oʻzbeklik bokschi, 81 kg dan ortiq vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2021-yilgi boks boʻyicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori. 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati bronza medali sovrindori. Mohira Abdullayeva va Aziza Yoqubova kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonlik ayol bokschi medalni qoʻlga kiritdi.

Mohira Abdullayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 28-may 1994-yil (1994-05-28) (30 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Vazni 81 kg dan ortiq
Sport
Qaysi sport Boks
Sport mukofotlari
ayollarning boks boʻyicha Jahon chempionati
Bronza Istanbul 2022 81 kg
boks boʻyicha Osiyo chempionati
Bronza Dubay 2021 81 kg

Biografiya

tahrir

1994-yil 28-mayda Mohira Abdullayeva Fargʻona viloyati tugʻilgan.[2] 2022-yilda Fargʻona davlat universiteti talabasi boʻlgan.[3]

Faoliyati

tahrir

2021-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Oʻsha yili Belgrad shahrida (Serbiya) boks boʻyicha „58th Belgrade Winner“ xalqaro turniri 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida Mohira Abdullayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi.[4] Keyin Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Mohira Abdullayeva 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida yarim finalda hindistonlik Anupamaga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbeklik sportchi magʻlub boʻldi, Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5][6][7]

2022-yilda Istanbulda (Turkiya) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Mohira Abdullayeva 81 kg dan ortiq boʻlgan vazn toifasida chorak final bahsida Kongo Demokratik Respublikasilik bokschi Lisa Kanjingani magʻlubiyata uchratib, yarim finalga yoʻl oldi.[8] Yarim finalda marokashlik Khadija El-Mardiga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbeklik sportchi yarim final jangining 1-raundida jarohat olib, bellashuvni davom ettira olmadi.[9][10] Natijada, Mohira Abdullayeva Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[11][12][13][14][15]

Manbalar

tahrir
  1. https://vesti.kz/player/52268/
  2. https://dunyo.news/ru/news/uza-mokhira-abdullaeva-iz-fergany-zavoevala-pervuyu-v-istorii-uzbekistana-medal-na-chempionate-mira-po-boksu-sredi-zhenshchin-628686a15ee4c[sayt ishlamaydi]
  3. https://dunyo.news/ru/news/uza-mokhira-abdullaeva-iz-fergany-zavoevala-pervuyu-v-istorii-uzbekistana-medal-na-chempionate-mira-po-boksu-sredi-zhenshchin-628686a15ee4c[sayt ishlamaydi]
  4. https://navoiy-gimnastika.uz/bokschi-qizlarimiz-serbiyadan-6-ta-medal-bilan-qaytishmoqda.html
  5. http://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/AsianChampionships2021.pdf
  6. https://m.tribuna.uz/oz/news/view/99237?q=%2Fnews%2Fview%2F99237[sayt ishlamaydi]
  7. https://m.kun.uz/uz/news/2021/05/31/boks-ozbekiston-milliy-jamoasi-osiyo-chempionatida-6ta-oltin-medalni-qolga-kiritib-umumjamoa-hisobida-1-orinni-egalladi
  8. https://boxrec.com/en/amateurboxer/1092331
  9. https://podrobno.uz/cat/sport/zhenskaya-sbornaya-uzbekistana-po-boksu-zavoevala-dve-bronzovye-medali-na-chempionate-mira-v-turtsii/
  10. https://sputniknews-uz.com/20220519/boks-ozbekiston-ayollar-terma-jamoasi-jahon-chempionatida-2-ta-bronza-medalni-qolga-kiritdi-24659165.html
  11. https://qvz.uz/sport/turkiyadagi-boks-boyicha-ayollar-ortasidagi-jchda-aziza-yoqubova-va-mohira-abdullayeva-bronza-ga-ega-chiqishdi.html
  12. https://sputniknews-uz.com/20220517/ozbekistonlik-bokschi-qizlar-mamlakat-boks-tarixida-yangi-sahifa-ochishdi-24605388.html
  13. https://www.gazeta.uz/ru/2022/05/19/boxing/
  14. https://stadion.uz/uz/news/detail/334090
  15. https://darakchi.uz/ru/144933