Moliya-sanoat guruhlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Moliya-sanoat guruhlari - ishlab chiqarish samaradorligini koʻtarish uchun oʻzlarining moddiy yoki nomoddiy aktivlarini birlashtiruvchi asosiy yoki qoʻshimcha jamiyat sifatida faoliyat kursatuvchi yuridik shaxslar majmualari. Moliya-sanoat guruhlarig. manfaati, strategiyasi va unga erishish yoʻllari umumiy boʻlgan ishlab chiqarish soxalari va yirik bank monopoliyalarining birlashmasi hisoblanadi. Bunda sanoat kapitali bilan bank kapitalining birlashuvi roʻy beradi. Dastlab yirik Moliya-sanoat guruhlarig. oilaviy moliya guruxlari, mas, Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar va boshqa atrofida shakllandi. Keyinchalik bu guruxlar aniq hududlar boʻyicha uyushdi va turli oilaviy guruxlarning moliyaviy kapitalini birlashtirdi (Klivlend, Kaliforniya, Chikago Moliya-sanoat guruhlarig. va boshqalar). Moliya kapitalining vujudga kelishi va rivojlanishi moliya oligarxiyasi tabaqasining paydo boʻlishiga olib keladi. Moliya-sanoat guruhlarig. va moliya oligarxiyasi jamiyat hayotida muhim oʻrinni egallaydi. Bu ularning qoʻlida iqtisodiy potensialning jamlanishi, kompaniya (firmalar) aksiyalari nazorat paketiga egalik qilish hamda siyosiy in-stitutlar va ommaviy axborot vositalariga bevosita taʼsir etish imkoni-yatlari bilan belgilanadi.
Abduxalil Razzoqov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |