Moliya guruhlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Moliya guruhlari - bir necha oila yoki guruhlarning ittifoqi. Iqtisodiy birlashish negizida tashkil topgan yirik moliyasanoat birlashmalari, sanoat, bank, transport, savdo, su-gurta, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarning yirik uyushmasi. 19-asr oxiri —20-asrning boshlarida kapitalning kon-sentratsiyasi hamda markazlashuvi asosida shakllangan. M.g. yirik kapitalga ega boʻlgan monopoliyalarning gigant ittifoqidir. M.g. dastlab AQSH da, keyinchalik Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa davlatlarda tashkil topdi. Bunday guruhlarga Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar, Jianini kabilar misol bula oladi. har bir M.g.ning markazi davlatning maʼlum hududida joylashgan buladi. Ammo 20-asrning 70-yildan ularning taʼsir doirasi baynalmilallashib-transmilliy tus ola boshladi. Korporatsiyalar koʻpaydi. Mac., Rotshild guruhi tasarrufidagi aktivlarning qariyb 60% Fransiyadan tashqaridagi hududlarda joylashtirilgan. Yetakchi M.g. faoliyati universal harakterga egadir. AQSH, Gʻarbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiyotida 5—10 ta M.g. asosiy oʻrin egallaydi. Yetakchi oʻrin AQSH M.g.ga tegishli. M.g.ning yirik savdosanoat korporatsiyalari boshqa M.g.ning banklari va sugʻurta kompaniyalari bilan kredit aloqalarini oʻrnatgan. Mac, Kaliforniya va Texas (AQSH) guruhlari Uoll-strit banki kreditlaridan foydalanadi. Mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya jarayoni yangi tipdagi birlashmalar — xalqaro korporatsiyalarni vujudga keltirdi. Ular 2 turga ajratiladi: transmilliy korporatsiyalar va koʻp millatli korporatsiyalar. hozirgi paytda jahonda 37 mingga yaqin xalqaro korporatsiyalar va ularning 206 mingdan ortiq filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. 1980-yillar oxirida 100 ta yirik M.g.dan 38 tasi Gʻarbiy Yevropada, 29 tasi AQShda, 16 tasi Yaponiyada, 10 tasi Fran-siyada, qolganlari, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va boshqa industrial mamlakatlarda joylashgan edi.
Abduxalil Razzoqov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |