Mollie Green (1997-yil 4-avgustda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliya ayollar chempionatida Birmingnam City uchun yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Mollie Green
Green 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mollie Green
Tavallud sanasi 4-avgust 1997-yil (1997-08-04) (26 yosh)
Tavallud joyi Angliya Angliya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Birmingham City
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2017 Liverpool 1 (0)
2017-2018 Everton 20 (3)
2018-2020 Manchester United 18 (13)
2020Sheffield United (loan) 3 (2)
2020-2021 Birmingham City 17 (1)
2021-2022 Coventry United 22 (3)
2022- Birmingham City 0 (0)
Milliy terma jamoa
2015-2016 England U19 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 4-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 10-aprel uchun)

U ilgari FA WSLda Everton, Liverpool va Manchester United da, FA ayollar chempionatida Sheffield Unitedda oʻynagan va Angliyani 19 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Liverpool tahrir

Green Liverpoolga 2014-yilda kelib qoʻshilgan va klubning Mukammallik markazida oʻsgan.[1] 2015-yil 11-oktabrda u FA WSL kubogi yarim finalida Rosie White oʻrniga 72-daqiqada oʻrinbosar sifatida oʻzining ilk debyutini oʻtkazdi, u Notts Countydan 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.[2] Bir yil oʻtgach, u Doncaster Rovers Bellesga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, FA WSLdagi debyutini oʻtkazdi.[3] Liverpooldagi 3 yillik faoliyati davomida u kattalar jamoasida uchta oʻyinda maydonga tushdi.

Everton tahrir

2017-yilning 28-martida qizillar safida sanoqli daqiqalar o'ynagan Green oʻyinda ko'proq vaqt o'ynash istagida Merseysidelik raqibi Evertonga oʻtdi.[4] Keyingi oyda u Evertondagi debyutida FA WSL 2 Spring Series doirasida Millwall Lionessesga qarshi oʻynab 2:1 hisobida magʻlub etdi.[5] Green Evertondagi birinchi golini London Beesga qarshi oʻyinda (4:0) kiritdi va 2017-yil bahorgi seriya chempionligini qoʻlga kiritdi.[6]

2017-18-yilgi mavsumdan soʻng Green va Everton uning shartnomasini bekor qilishga kelishib oldilar.[7]

Manchester United tahrir

2018-19 yilgi mavsum tahrir

 
Green 2019-yilda Manchester Unitedda Brighton & Hove Albionga qarshi oʻynamoqda.

2018-yilning 13-iyulida Green yangi tashkil etilgan Chempionship jamoasi Manchester Unitedga oʻzining ilk mavsumida qoʻshilishi eʼlon qilindi.[8] U Manchester United safida 19-avgust kuni Liverpoolga qarshi Liga kubogi bahsida (1:0) gʻalaba qozongan.[9] U oʻzining birinchi golini 2018-19-yilgi Ayollar chempionatining ochilish oʻyinida, Aston Villa mehmoni boʻlib, 12:0 hisobida zafar quchdi. 25-noyabr kuni u Millwall ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonib, faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi.[10] Umumiy hisobda, Green 3 ta oʻyinda 5 ta gol urdi va noyabr oyidagi ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[11]

2019-20 yilgi mavsum: Sheffield Unitedga ijara tahrir

2020-yilning 11-yanvarida 2019-20-yilgi mavsumda Manchester United safida Liga kubogida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazgan Green mavsumning qolgan qismida Chempionship jamoasi Sheffield Unitedga ijara asosida qoʻshildi.[12] Ertasi kuni u jamoadagi debyutini oʻtkazdi va Aston Villaga 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan holda zaxiradan maydonga tushdi.[13] Green Sheffield United safidagi ilk golini 2020-yil 19-yanvarda Coventry Unitedga qarshi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urgan.[14] Koronavirus pandemiyasi davrida mavsumning qolgan qismini toʻxtatib qoʻyish va oxir-oqibat bekor qilish sababli ijara muddati oxir-oqibat qisqartirildi.[15]

Birmingham City tahrir

2020-yil 4-sentabrda Greenning Manchester United bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingani maʼlum boʻldi.[16] Uch kundan soʻng Birmingham City oʻzining shartnoma imzolaganini eʼlon qildi va Greenni oʻtgan mavsumda Sheffield Unitedda ijaraga olgan yangi tayinlangan murabbiy Carla Ward bilan birlashtirdi.[17]

Xalqaro karyera tahrir

2015-yilda Green 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida Norvegiyaga qarshi bahsda (2:2) debyut qildi.[18] 2015-yilning iyul oyida Green Isroilda boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritildi.[19] Angliya B guruhini soʻnggi oʻrinda yakunladi va keyingi bosqichga chiqmadi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Green Savio Salesian kollejida oʻqidi.[20]

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

2021-yil 1-iyul holatiga.[21]
Klub, mavsum va musoqvbaqa boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Yevropa Jami
Divizion Isht. Gol. Isht. Gol. Apps Goals Isht. Gol. Isht. Gol.
Liverpool 2015 WSL 1 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2016 1 0 1 0 0 0 2 0
Jami 1 0 1 0 1 0 0 0 3 0
Everton 2017 WSL 2 7 1 0 0 0 0 7 1
2017-18 WSL 1 13 2 3 0 1 0 17 2
Jami 20 3 3 0 1 0 0 0 24 3
Manchester United 2018-19 Championship 18 13 3 1 6 2 27 16
2019-20 WSL 0 0 0 0 2 0 2 0
Jami 18 13 3 1 8 2 0 0 29 16
Sheffield United (loan) 2019-20 Championship 3 2 1 0 0 0 4 2
Birmingham City 2020-21 WSL 17 1 2 1 2 0 21 2
Coventry United 2021-22 Championship 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyera Jami 59 19 10 2 12 2 0 0 81 23

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Everton

  • FA WSL 2 bahor seriyasi-: 2017[22]

Manchester United

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati: 2018-19[23]

Individual tahrir

  • FA ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil noyabr[24]

Manbalar tahrir

  1. „Mollie Green departs Liverpool Ladies for Everton“ (en). www.liverpoolfc.com (28-mart 2017-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2017-yil.
  2. „Liverpool 0–2 Notts County: FA WSL Continental Tyres Cup semi-final match report“. thefa.com. The Football Association (11-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  3. „Doncaster Belles 1–3 Liverpool Ladies – Reds come from behind as Weir and Harding strike“. Liverpool Echo (9-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  4. „Mollie Green departs Liverpool Ladies for Everton“ (en). www.liverpoolfc.com (28-mart 2017-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2017-yil.
  5. „Devlin's heroics on debut earn Millwall first victory“. fawsl.com (2-aprel 2017-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  6. „Everton are toasting Spring Series success after triumph over the Bees“. fawsl.com (20-may 2017-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  7. „Green Departs Blue Girls“. www.evertonfc.com (24-may 2018-yil). 28-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2019-yil.
  8. „Man United Women's 2018/19 squad“ (en). www.manutd.com. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  9. Drudge. „MATCH REPORT: LIVERPOOL WOMEN 0 UNITED WOMEN 1“. ManUtd.com (19-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-may 2019-yil.
  10. „Report: United Women 8 Millwall Lionesses 0“ (en). www.manutd.com. Qaraldi: 2-dekabr 2018-yil.
  11. „Mollie Green wins player of the month award“. Twitter.
  12. „Mollie Green joins Sheffield United on loan“. ManUtd.com. Manchester United (11-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2020-yil.
  13. „Sheffield United 0–1 Aston Villa“. womenscompetitions.thefa.com.
  14. „Coventry United 0–5 United Women“. sufc.co.uk. Sheffield United (19-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
  15. „Statement: FA Barclays WSL and Women's Championship season ended“ (en). womenscompetitions.thefa.com.
  16. (2020-yil 4-sentyabr). „Mollie Green departs Manchester United Women“. Press-reliz.
  17. „Mollie Green signs for Blues“. Birmingham City Football Club. 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  18. „Mollie Green | Everton Football Club“ (en). www.evertonfc.com. 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  19. Stonehouse. „England Women's Under-19s depart for Israel as the countdown to their European Championship kick-off begins“. The Football Association (6-iyul 2015-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  20. „Congratulations Alex Greenwood & Mollie Green“. Savio Salesian College. 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  21. „Mollie Green player profile“. Soccerway. Qaraldi: 13-dekabr 2018-yil.
  22. „Everton are toasting Spring Series success after triumph over the Bees“. FAWSL.com (20-may 2017-yil). Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  23. „Man Utd Women 7–0 Crystal Palace Ladies: Women's Championship title sealed by win“. BBC Sport (20-aprel 2019-yil). Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  24. „Mollie Green wins player of the month award“. Twitter.

Havolalar tahrir