Gramm-molekula
(Molyar massadan yoʻnaltirildi)
Gramm-molekula (molyar massa yoki mol) — moddaning mol. m. ga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Mas, nitrat kislota HNO, ning bir gramm-molekulasi 63 g , chunki uning mol.m. 63 ga teng yoki suvning gramm-molekulasi 18 g , chunki uning mol. m. 18 ga teng . Texnikada G.-m. bilan bir katorda kilogramm-molekula (kmol), milligramm-molekula (millimol) singari massa miqdorlar ham ishlatiladi. Gaz holatdagi har qanday moddaning gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar, yaʼni gramm-molekulyar hajmi deyiladi. Har qanday agregat holatdagi — qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi moddaning bir gramm-molekulasida 6,022-1023 ta molekula boʻladi.[1]