Momojon Qurbonova

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Momojon Qurbonova (1922-yil, Urganch tumani, Xorazm viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1960), KPSS aʼzosi (1954)[1].

Momojon Qurbonova
Tavalludi 1922-yil
Chakkasholikor qishlogʻi, Urganch tumani, Xorazm viloyati
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

Momojonjon Qurbonova 1922-yil Urganch tumani Chakkasholikor qishlogʻida tavallud topgan. Qurbonova 1939—1949-yillarda Urganch tumanidagi Kalinin nomli kolxozda kolxozchi, 1950—1960-yillari zveno boshligʻi, 1960—1963-yillarda kolxoz partiya qoʻmitasi kotibi, 1963—1967-yillari brigada boshligʻi, 1967-yildan klub mudiri boʻlib ishlagan. Qurbonova boshliq zvenoda gektaridan 60 sentner paxta yetishtirilgan (1959).

Manbalar tahrir

  1. OʻzSE 1980, s. 249

Adabiyotlar tahrir

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XIV tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1980 — 648 bet.