Monanieba
Monanieba (gruzincha: მონანიება, ruscha: Покаяние) — rejissyor Tengiz Abuladze tomonidan suratga olingan gruzin filmi. Film 1984-yilda suratga olingan. Ammo filmda stalinizmni allegorik tanqid qilgani uchun uni chiqarish va tarqatish taqiqlangan. U ilk bor 1987-yilning may oyida Kann kinofestivalida namoyish etilgan. U ushbu festivalda FIPRESCI mukofoti va Ekumenik hakamlar hay’ati mukofotini qoʻlga kiritdi[1]. Film 60-Oskar mukofotining „eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasida Sovet davlati ishtirokchisi sifatida tan olingan. Lekin nomzod sifatida qabul qilinmagan[2].
Monanieba | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Tengiz Abuladze |
Rollarda | Avtandil Maxaradze |
Distribyutor | Cannon film |
Chiqarilgan sanasi | 1987-yil, may (Kann) |
Davomiyligi | 153 daqiqa |
Til | gruzin |
Syujeti
tahrirFilm Gruziyaning kichik shaharchasida boʻlib oʻtadi. Shahar hokimi Varlam Aravidze vafot etadi. Uni koʻpchilik katta iztirob bilan dafn etadi. Biroq dafn marosimining ertasiga hokimning jasadi oʻgʻlining bogʻida paydo boʻlib qoladi. Jasadni qaytadan koʻmishadi. Ammo ertasi kuni bu holat yana takrorlanadi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, ular qabrni qoʻriqlashadi. Shundan soʻng ular bu ishni kim qilayotganini aniqlaydi. Ketevan Barateli ismli ayol jasadini qazib olgani vabehurmat qilgani uchun hibsga olinadi. Ayolning aytishicha, gubernator Varlam stalincha hukmronlik qilgan. Shuning uchun u dafn etilishga loyiq emas, deydi. Qolaversa, ayol ota-onasi va doʻstlarining gʻoyib boʻlishida Varlamni ayblaydi. Sud jarayonida Varlamning oʻgʻli Abel otasiga qoʻyilayotgan ayblovlarni inkor etadi va ayolni aqldan ozganga chiqarishga harakat qiladi. Varlamning nabirasi Tornike esa, bobosining qilmishlari haqida eshitib hayratga tushadi. Oxir-oqibat oʻz joniga qasd qiladi. Shundan soʻng Abelning oʻzi Varlamning jasadini shahar chetidagi qoyadan uloqtiradi.
Oxirida film tort tayyorlayotgan ayol sahnasiga qaytadi.
Rollarda
tahrirFilmdagi bosh rollarda Abuladze oʻzining baʼzi yaqinlarini oʻynatgan.
- Avtandil Maxaradze Varlam Aravidze va oʻrta yoshli Abel Aravidze rolida
- Dato Kemxadze Varlam Aravidzening oʻgʻli, yosh Abel Aravidze
- Ia Ninidze Abelning rafiqasi Guliko
- Zeynab Botsvadze Ketevan Barateli
- Ketevan Abuladze Nino Barateli
- Edisher Giorgobiani Sandro Barateli
- Kaxi Kavsadze Mixail Koresheli
- Merab Ninidze Tornike, Abel va Gulikoning oʻgʻli
- Nino Zaqariadze Elene Korisheli
- Nano Ochigava bola, Ketevan
- Boris Tsipuriya
- Akaki Xidasheli
- Leo Antadze Levan Antadze
- Rezo Esadze
- Mzia Maxviladze M. Maxazadze
- Amiran Amiranashvili
Relizi
tahrirFilm 1984-yilda suratga olinganidan keyin bir marta namoyish etildi. Shundan soʻng uch yil davomida chiqarilmadi. 1987-yilda Mixail Gorbachyov tashabbusi bilan boshlangan yangi siyosiy muhitda film butun Sovet Ittifoqi va gʻarbiy mamlakatlardagi kinofestivallarda namoyish etildi. Abuladze Lenin ordeni bilan taqdirlangan va Gorbachyovga 1988-yilda Nyu-Yorkka birinchi rasmiy tashrifida hamrohlik qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Festival de Cannes: Repentance“. festival-cannes.com. 24 eylül 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 temmuz 2009.
- ↑ Margaret Herrick Library, Academy of Motion Picture Arts and Sciences