Monica Barbaro (1990-yil 18-iyunda tugʻilgan) – amerikalik taniqli yosh aktrisa. U "The Cathedral" (2021), "Top gun: Maverick" (2022) va „At midnight“ (2023) filmlarida ijro etgan rollari bilan tanilgan. Yosh aktrisa, shuningdek, "UnREAL" (2016), „Chicago Justice“(2017), " The Good Cop" (2018) hamda „FUBAR“ (2023) teleseriallarida bosh rollarda ishtirok etgan.

Monica Barbaro

Barbaro in 2022
Tavalludi 18-iyun 1990-yil (1990-06-18) (34 yosh)
San Francisco, California, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2013–yildan hozirgacha

Taʼlimi

tahrir

Barbaro 1990-yil 18-iyunda San-Fransiskoda tavallud topgan. U Kaliforniyaning Mill vodiysida katta boʻlgan va u yerda 2007-yilda Tamalpais High Schoolni tamomlagan. Aktrisaning ota-onasi bolaligida ajrashishgan. Barbaro yoshligida raqsga tusha boshlagan va balet bilan shugʻullangan. Aktyorlik boʻyicha tanlovda u Nyu-York shahridagi Tisch sanʼat maktabida raqs yoʻnalishida diplom oldi[1]. 2010- yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib aktyorlik bilan shugʻullanishga qaror qildi va San-Fransiskoga qaytdi[2]. U yerda reklama,[2] qisqa metrajli film[2] yoʻnalishlarida Beverly Hills Playhouse aktyorlik maktabida oʻqigan[3].

Karyerasi

tahrir

Monica 2013-yilda "Itʼs Not About the Nail" filmidagi bosh roli uchun eʼtiborni tortdi, ushbu film turmush qurish paytidagi muloqotlar haqida qisqacha-qisqacha komediyalardan iborat[4][5]. Uning birinchi yirik televizion roli „UnREAL“ teleserialining ikkinchi mavsumida Yael xarakterini tasvirlash, gavdalantirish edi[6]. Aktrisa ushbu filmidan keyin "Chicago Justice" dramasining aktyorlar tarkibiga qoʻshildi, Dik Vulfning <i id="mwRg">Chikagodagi</i> franshizasida [7] u Anna Valdez rolini mahorat bilan ijro etgan[8]. 2018-yilda Barbaro, shuningdek, Josh Groban va Tony Danza bilan birga Netflix-ning „<i id="mwTA">The Good Cop</i>“ filmida Cora Vasquez rolini oʻynadi va bu roli ham uning ijodida muvafaqqiyatli rollardan biri edi.

Manbalar

tahrir
  1. Edworthy. „Interview: Monica Barbaro“ (en-US). Vanity Fair (2020-yil 29-may). 2022-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Zuckerman. „Hot Rachel From "UnREAL" Talks Breaking Into Acting and Playing a Manipulator“ (en-US). Cosmopolitan (2016-yil 20-iyun). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0
  4. Gray. „Viral Video: 'It's Not About the Nail' Is a Hilarious Look at Marriage“ (en-US). Babble (2013-yil 6-iyun). 2013-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.
  5. Saperstein. „Variety's Picks: 15 Symptoms of Life in L.A., New Burt Bacharach Book, Goodie Mob Album, More“ (en-US). Variety (2013-yil 29-iyun). 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.
  6. Boardman, Madeline (June 3, 2016). 'UnREAL': Before They Were Stars“. Entertainment Weekly. November 15, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 19, 2022.
  7. Andreeva. „Chicago Justice's Monica Barbaro Cast as Series Regular“ (en-US). Deadline Hollywood (2016-yil 25-avgust). 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
  8. Stephens. „Chicago Justice's Monica Barbaro Dancing Her Way into Dream Role“ (en-US). Parade (2017-yil 8-fevral). 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.

Havolalar

tahrir