Videonazorat qurilmasi
Videonazorat qurilmasi, monitor — telekoʻrsatuvlar oldidan koʻrsatuvlar trakti tayyorlanayotgan, sozlanayotgan, koʻrsatuvlar ketayotgan paytda efirga uzatish nuqgalari (uzatuvchi kameraning chiqishi va b.)dagi tasvirlar sifatini nazorat ekranlarida vizual (koʻrib turib) nazorat qilish uchun moʻljallangan qurilma. Oq-qora televideniyeda ham, rangli televideniyeda ham V. q. uchun ushbu umumiy uzellar xos: kineskop, tasvir signallari kuchaytirgichi, satr va kadrni yoyish bloki, sinxronlash impulslari selektori va uzellarni elektr bilan taʼminlash manbai. Oddiy televizion kabul qilgichdan farqli ravishda V. q.da oraliq va yuqori tasvir hamda tovush chastotalarini kuchaytirish kaskadlari boʻlmaydi. V. q. telemarkazda bir necha uzatuvchi kamera ishlayotgan paytda rej. ga bir necha tasvirdan bittasini tanlab olishga, umuman telekoʻrsatuvlarni boshkarib turishga yordam beradi. Bazi ishlab chiqarilayotgan monitorlar masalan Artel va Samsung monitorlari ikki xil optimal o`lchamga ega:19 dyuimli monitorlar-1366x768,va 22 dyuimli monitorlar-1920x1080.Yani,22 dyuimli monitor ichida 1920 taeniga va 1080 ta bo`yiga piksel bor degani. Piksel-bu bitta nuqta,aniqrog`i, displeydagi nuqta. Piksel o`z navbatida 3ta subpikseldan iborat. Ko`rib turganimizdek 3ta subpiksel bu 3ta rang: qizil, yashil va ko`k.(RGB) Shu 3ta rang ochlashib-to`qlashib bir necha million xil rangni ifoda eta oladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |