Monokarp oʻsimliklar (mono... va yun. karpos — meva) — hayotida bir marta gullab urugʻlaydigan, keyin nobud boʻladigan oʻsimliklar. M.oʻ.ga, asosan, bir yillik (bugʻdoy, arpa, lolaqizgʻaldoq va boshqalar) va ikki yillik (sabzi, karam, piyoz va boshqalar) oʻsimliklar, koʻp yilliklardan baʼzi bambuklar, palmalar, agavalar va sassiq kovrak kiradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil