Monoklinal (mono... va yun. klino — engashaman) — togʻ jinslari qatlamlarining bir tomonga bir tartibda qiyalanib yotishi. Odatda, birorta keng va kiya yotgan koʻtarilma yoki qatlamlar bukilmasidan iborat boʻladi. M., ayniqsa, antekliza va sinekliza qanotlariga mansub boʻlib, platformalar uchun harakterli. Katta antiklinal yoki sinklinal bukilmalarning bir yon qanoti ham M. deb ataladi. Bunga Boltiq kristalli qalqoni jan. yon bagʻridagi paleozoy qatlamlari hosil qilgan struktura misol boʻladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil