Monsonit (Italiyadagi Monsoni togʻi nomidan) — kristalli magmatik togʻ jinsi; taxminan teng miqdordagi kaliynatriyli dala shpati (ortoklaz va Labrador) va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. M.ning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars boʻladi. Tarkibidagi minerallarning nisbatiga koʻra, M.li jinslar gabbro va siyenit oraligʻida boʻladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang, kulrang-pushti. Qoramtir mineral boʻyicha avgitli, biotitli va hokazo boʻladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin M.lar zich, yirik donador jins si-fatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli intruzivlar tuzilishida ishtirok etadi. M.ning porfirli turlari Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida uchraydi. Xorijda Ukraina, Rossiya Federatsiyasi (Baykal atrofida), Italiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda bor. Jilolanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil