MontevideoUrugvay poytaxti. Montevideo departamentining maʼmuriy markazi. La-Plata qoʻltigʻining shimoliy sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanvarda oʻrtacha temperatura 23°, iyulda 10°. Yillik yogʻin 1000 mm. Montevideoga 1726-yilda ispanlar asos solgan. 1777-yilda Portugaliya, 1807-yilda Buyuk Britaniya bosib olgan. 1816—28 yillarda Braziliya tarkibida boʻlgan. 1828-yil avgustdan mustaqil Urugvay poytaxti. Montevideo — mamlakatning muhim sanoat, savdo va moliya markazi. Montevideodagi yirik sanoat korxonalarida mamlakat sanoat mahsulotining 80% ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya va shina zavodlari, kimyo (oltingugurt ktasi va oʻgʻitlar ishlab chiqarish), farmatsevtika va toʻqimachilik sanoatlari, metallsozlik, elektronika, koʻn-poyabzal korxonalari, mamlakatda eng yirik qogʻoz fabrikasi va boshqa bor. Montevideoda chet el monopoliyalari va banklarining filiallari joylashgan. Montevideo — yirik temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Chetga goʻsht mahsulotlari, jun, teri xom ashyosi, oʻsimlik yogʻi eksport qilinadi; chetdan mashina va jihozlar, qora metall, neft, oʻrmon mahsulotlari keltiriladi. Montevideo va unga yondosh La-Plata qoʻltigʻi sohillari dengiz ikdimi kurorti rayoni hisoblanadi.

Montevideo

ispancha: Montevideo
Skyline of Montevideo
Montevideo
Gerb
34°52′0″S 56°10′0″W / 34.86667°S 56.16667°W / -34.86667; -56.16667 G OKoordinatalari: 34°52′0″S 56°10′0″W / 34.86667°S 56.16667°W / -34.86667; -56.16667 G O
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1724-yil
Aholisi
 (2011)
1 719 453
Zichligi 6 726 kishi/km2
Telefon kodi (+598) 2XXX XXXX
Pochta indeks(lar)i 11#00 & 12#00
Montevideo xaritada
Montevideo
Montevideo

Shahar 3 qism: yangi shahar (maʼmuriy markazni oʻz ichiga oladi) va eski shahar qismi (sanoat korxonalari va ishchilar kvartallari) hamda Shimoli-sharqiy kurort rnidan iborat. Montevideo — mamlakatning muhim ilmiy va madaniy markazi. Montevideoda milliy adabiyot akademiyasi, milliy muhandislik akademiyasi, Respublika universiteti, Urugvay mehnat universiteti, milliy kutubxona, milliy tarix muzeyi, nafis sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, botanika bogʻi, te-atrlar bor. Bogʻ va xiyobon koʻp.

Meʼmoriy yodgorliklaridan eski shahar qismida mustamlakachilik davrida qurilgan sobor, ratusha, teatr, parlament binosi va boshqa saqlangan.

Montevideo shahri. Atlantika okeani sohili (plyaj.)[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil