Monumental rangtasvir -rangtasviryaing meʼmorlik bilan bogʻliq turi; binolarning ichki qismi, shiftlari, qisman binoning tashqi tomoni devorlariga ishlangan tasvirlar. Monumental rangtasvir jamiyat hayotidan olingan muhim voqea va hodisalar, chuqur falsafiy tushunchalarni aks ettiradi. Uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi uchun obrazlarni umumlashma tarzda tasvirlashga, mayda qismlardan kamroq foydalanishga qarakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinishi mumkin.

Ishlanish usuliga koʻra, freska, plafon va namoyon (panno)larga boʻlinadi (yana k, Devoriyrassomlik). Monumental rangtasvir qad. sanʼat turi boʻlib, ibtidoiy odamlarning gʻor devorlariga ishlagan rasmlari (mas, Zarautsoy rasmlari va boshqalar) uning ilk namunalaridir. Qad. va oʻrta asrlarda nihryatda rivojlandi va yetakchi sanʼat turlaridan biriga aylandi. Qad. Misr va Yunonistonda keng rivojlandi, keyinroq Vizantiya va boshqalarda ham Monumental rangtasvirning nodir namunalari yaratildi. Ayniqsa Uygʻonish davrida oʻzining qaqiqiy rivojlanish bosqichiga erishdi. Mikelanjeloning Vatikan saroyiga ishlagan devoriy rasmlari, Vero-nezening kompozitsiyalari shu davrning nodir yodgorliklaridir. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda bu sanʼat qad. va oʻrta asrlar davrida rivojlandi. Bu davrda shohlar, zodagonlarning uylari, saroy va ibodatxonalar koʻp shaklli, harakatga boy rassomlik asarlari bilan ziynatlandi (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob va boshqalar), Te-mur va temuriylar davrida ham Monumental rangtasvir ning ajoyib namunalari yaratilgan.

Oʻzbekistonda Monumental rangtasvirning yangi rivojlanish bosqichi 20-asr 30—50-yillariga toʻgʻri keladi. Shu yillardan jamoat va maʼmuriy binolarni bezash rivojlandi. Oʻzbekiston tabiati, kundalik tur-mush, fan, mehnat mavzuidagi kompozitsiyalar yaratildi, mumtoz oʻzbek adabiyotidan olingan syujetlarga rasmlar chizildi (Navoiy teatri binosi devorlariga ishlangan namoyonlar; mualliflari Ch. Ahmarov, Oʻ. Tansiqboyev, V. Cheprakov va boshqalar). 60—80-yillarda ham Monumental rangtasvirda yuksak darajadagi asarlar yaratildi. V. Jmakin, Q. Soipov, B. Jalolov, I. Lipene, V. Burmakin va boshqalarning freska, mozaika, vitraj va boshqa asarlariyuzaga keldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda Monumental rangtasvir yangi milliy mazmunmavzular bilan boyimoqda (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va boshqalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil