Morastel, Monastel — vinobop kechpishar uzum navi. Vatani — Ispaniya. Fransiyaning jan. va Italiyada oʻstiriladi. 1890—1900-yillarda Qrimga keltirilgan. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonda rayonlashtirilgan. Bargidiam. 15—16 sm, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. 15—20-mayda gullaydi, iyul oxirida pishadi. Uzum boshi 175—200 g, silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, toʻq zangori, usti mumgʻubor bilan qoplangan, poʻsti oʻrtacha qalinlikda, eti sersuv, shirin. Faol harorat yigʻindisi 3100— 3200° boʻlganda 140—150 kunda pishadi. Tarkibida 30% gacha qand bor. Hosildorligi 100—150 s/ga. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida ekiladi. Uzumidan qizil portveyn va kagor desert vinolari tayyorlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil