Mordva tillari —finn-ugor tillari oilasiga mansub moksha (mokshamordva) va erzya (erzyamordva) tillari; Mordoviya, Boshqirdiston, Tatariston, Chuvashiston respublikalarida, Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod, Samara, Penza, Orenburg, Saratov, Chelyabinsk kabi viloyatlarida tarqalgan, 1 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi.

Mordva tillarida juda koʻp aralash shevalar bor. Fonetik-fonologik jihatdan moksha tilida 40 fonema (7 unli va 33 undosh), erzya tilida 33 fonema (5 unli va 28 undosh) mavjud; ularnint talaf-fuzida muayyan farqlar kuzatiladi. Mordva tillarining oʻzaro yaqinligi eng avvalo grammatika va leksikada kurinadi; har ikkala tilga agglyutinativlik xos, grammatik jins kategoriyasi esa yoʻq. Otlar 10 dan ortiq kelishik bilan turlanadi. Lugat tarkibida ruscha soʻzlar anchagina, shuningdek, turkiy, boltiq, eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham bor. Sintaksis sohasida rus tilining kuchli taʼsiri seziladi. Mordva tillaridagi ta-fovutlar tilning barcha sathlarida (ur-gʻuning qaysi boʻgʻinga tushishi, lugʻat tarkibi) uchraydi.

Bir paytlar yagona hisoblangan mordva tilining moksha va erzya lahjalari asosida 2 ta adabiy til: moksha adabiy tili va erzya adabiy tili shakllangan (20-asrning 30-yillari). 18-asr oʻrtalaridan rus alifbosi asosidagi yozuvga ega.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Mordva tillari" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil