Morganlar (Morgan) - AQShdagi eng keksa va yirik moliya guruhlaridan biri. 19-asrning oxirida shakllangan. Bu guruhga Morgan (1813—90) asos solgan. Taʼsir sohalari: bank ishi, qayta ishlash sanoati, temir yoʻl transporti. Yetakchi moliyaviy institutlar: "Morgan granti trast kompani" tijorat banki, "J. P. Morgan end kompani" bank uyi, "Morgan Stenli end kompani" investitsiya banki. M. "Prudenshel" va "Nyu-York layf" sugʻurta kom-paniyasining 50% ga yaqin aktivlarini, "Yunayted Steyts stil", "Jeneral Elektrik", "Jeneral Motors" sanoat korporatsiyalari, investitsiya banklari tarmogʻini nazorat qiladi. 20-asrning 70-yillari nazoratidagi aktivlar miqdori 90 mlrd. dollardan ortiqroq boʻlib, shundan 40 mlrd. dollar kredit-moliya sohasiga toʻgʻri kelgan. Guruh koʻpgina bank va sanoat monopoliyalari ittifoqidan iborat. 2-jahon oʻrushigacha moliyaviy goʻruhning boshqaruv markazi Nyu Yorkda joylashgan. M., shuningdek, koʻmir, toʻqimachilik, neft, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida oʻz hissasiga ega.. 25 mamlakatda 560 ta ofisi faoliyat olib boradi, xodimlar soni 60 mingdan ortiq. 2001-yil sof foydasi 3,6 mlrd. dollarni tashkil qildi. Taʼsir doirasida hozirgi zamon ilmiy texnika inqilobi bilan bogʻliq sohalar (radioelektronika, raketa yasash va boshqalar) yoʻqligi uchun mavqei ancha pasaygan. M.ning moliyaviy sanoat manfaatlari barcha yetakchi mamlakatlarda mavjud. Guruh AQSHning siyosiy hayotida muhim rol oʻynaydi.

Abduxalil Razzoqov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil