Mormon Kitobi
Mormon Kitobi mormon dinining muqaddas kitobidir. Kitob ilk marotaba 1830-yili AQSHda Kenja Joseph Smith rahnamoligida chop etilgan. Joseph Smith'ga koʻra ushbu kitob Amerika qitʼasida eramizdan avvalgi 600- va eramizning 400-yillari orasida oltin taxtalarga yozib qoldirilgan muqaddas matnlar tarjimasidir.
Tanqid
tahrirMormon Kitobining haqiqatdan ham mormonlar daʼvo qilayotgan makon va zamonga doir ekanligi shubha ostiga olingan va quyidagicha tanqid qilinadi:
- Koʻpchilik olimlar Mormon Kitobida tasvirlangan joylarning Amerika qitʼasida borligidan shubhalanishadi.[1]
- Mormon Kitobida tasvirlangan koʻp hayvonlar, oʻsimliklar va qurilmalar Amerikada XV asrdan avval boʻlmagan.[2]
- Mahalliy Amerika hindulari tillari va Mormon Kitobi asl nusxasi yozilgan til, deb daʼvo qilinuvchi Qadimgi Misr tili, yoki umuman, Yaqin Sharq tillar orasida bogʻliqlik yoʻq.[3]
- Maya hindularining yozuv tizimi Yaqin Sharq yozuv tizimlariga oʻxshamaydi.[4]
- Maya solnomalarida Mormon Kitobida bahs etiluvchi shaxslar va voqealar tasvirlanmagan.
- Amerika hindulari va Yaqin Sharq aholisi DNK tahlili ular orasida aloqa borligini koʻrsatmagan.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Dialogue: A Journal of Mormon Thought, Michael D. Coe, Yale Universiteti antropologiya fanlari professori.
- ↑ Does Archaeology Support the Book of Mormon, 2008-03-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-06-02
- ↑ Lyle Campbell. 1979. "Middle American languages," The Languages of Native America: Historical and Comparative Assessment. Ed. Lyle Campbell and Marianne Mithun. Austin: University of Texas Press. Pages 902-1000.
Lyle Campbell. 1997. American Indian Languages: The Historical Linguistics of Native America. Oxford University Press.
Jorge Súarez. 1983. The Mesoamerican Indian Languages. Cambridge University Press. - ↑ Martha J. Macri. 1996. "Maya and Other Mesoamerican Scripts," The World's Writing Systems. Ed. Peter T. Daniels & William Bright. Oxford: Oxford University Press. Pages 172-182.
- ↑ Frederika A. Kaestle and David Glenn Smith. 2001. "Ancient Mitochondrial DNA Evidence for Prehistoric Population Movement," American Journal of Physical Anthropology 115:1-12.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |