Moro refleksi
Moro refleksi — bolalardagi tugʻma fiziologik refleks[1] boʻlib, homiladorlikning 28-32 xaftaligida rivojlanadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda 3-6 oyligida yoʻqoladi. Chaqaloqlar refleksga nisbatan uch xil javob beradi[2]:
- Qoʻllarini yozadi;
- Qoʻllarini yigʻib oladi;
- yigʻlaydi[3] (odatda);
Moro refleksi – Falaj qoʻrquv refleksidan (FQR) farq qiladi [4], undan farqli, u takroriy stimulyatsiya bilan kamaymaydi[5]. Pediatriyada Moro refleksining asosiy ahamiyati markaziy asab tizimining integratsiyasini baholash hisoblanadi[5][6].
Moro refleksini aniqlash
tahrirRefleksni fanga kiritgan Ernst Moro[7] chaqaloq boshining ikki tomonidan yostiqqa barmoq bilan urib, Moro refleksini keltirib chiqaradi. Boshqa usullardan ham ham foydalanish mumkin. Masalan: chaqaloqni tezda pastga tushirish (extiyotkorlik bilan) va tez koʻtarish; yoki qorin terini chimchilash. Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul – chaqaloqni ikkala qoʻl bilan ushlagan holda, boshini bir necha santimetrgacha tanaga nisbatan pastroq ushlash[5].
Klinik ahamiyati
tahrirMoro refleksi homiladorlikning 25-haftasidan keyin erta tugʻilishda toʻliq boʻlmagan shaklda kuzatilishi mumkin va odatda 30-haftada (uchinchi trimestr) toʻliq shaklda namoyon boʻladi. 2-oydan 3-oygacha boʻlgan davrda qoʻllarini yozishi yoki tortishishining yoʻqligi yoki assimetriyasi anormal deb hisoblanadi, chunki 6 oydan katta chaqaloqlarda refleksning davom etishi mumkin emas[5]. Bundan tashqari, neonatal davrda refleks yoʻqligi tugʻilish travması yoki miya patologiyasidan[5] darak beradi. Moro refleksining assimetriyasi juda ahamiyatli, chunki u deyarli har doim asab tizimi kasalligi belgisi hisoblanadi[8]. Moro refleksiga yuqori sezgirlik bachadonda sodir boʻlgan jiddiy miya shikastlanishi, mikrosefaliya va gidroensefaliya[9] boʻlgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Moro refleksiga sezuvchanlikning yuqoriligi yoki pastligi, koʻpincha engil gipoksik-ishemik ensefalopatiyali yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchraydi. Moro refleksi chaqaloqlarda baʼzi dori-darmonlar tasirida ortishi yoki sustlashishi mumkin[10]. 6 oydan oshgan bolalarda Moro refleksining saqlanib qolishi faqat ogʻir nevrologik nuqsonlari boʻlgan chaqaloqlarda, jumladan miya yarim falajida kuzatiladi[11][12].
Tarixi
tahrirMoro refleksi birinchi boʻlib Gʻarb tibbiyotida 1918-yilda avstriyalik pediatr Ernst Moro (1874-1951) tomonidan fanga kiritilgan. Moro buni quchoqlash refleksi deb atagan [13]. U buni shunday izohlagan: „Agar yangi tugʻilgan chaqaloq tekshiruv stoliga yotqizilsa va barmoq bilan yostiqning har ikki tomoniga urilsa, ikkala oyoq-qoʻlning tez simmetrik yozilishi kuzatiladi va ular darhol adduksiyada bir-biriga yaqinlashadi“. Uning soʻzlariga koʻra, bu refleks bola hayotining dastlabki 3-6 oyidan keyin yoʻqolishi kerak. Shundan beri Moro refleksi chaqaloqlarda erta nevrologik muammolarni aniqlash uchun ishlatiladi[13]. Moro refleksining yoʻqligi yoki uzoq davom etishi chaqaloqning nevrologik yordamga muhtojligini bildiradi.
Funksiyasi
tahrirMoro refleksi chaqaloqning onasiga yopishib olishiga yordam beradigan omon qolish instinkti hisoblanadi. Agar chaqaloq muvozanatni yoʻqotsa, refleks uni onasini quchoqlab, ona tanasiga mahkamlashiga yordam beradi[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bolalarda fiziologik refleksi“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ Edwards, Christopher W.; Al Khalili, Yasir (2019), Moro Reflex, StatPearls Publishing, PMID 31194330, qaraldi: 2019-08-06
- ↑ „Yig'lash“. Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ Fletcher, Mary Ann. Physical Diagnosis in Neonatology. Philadelphia: Lippincott-Raven, 1998 — 472-bet. 978-0397513864. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Suzuki, Yasuhiro (2012). „The Grasp Reflex and Moro Reflex in Infants: Hierarchy of Primitive Reflex Responses“. International Journal of Pediatrics. 2012-jild. 191562-bet. doi:10.1155/2012/191562. PMID 22778756.
- ↑ Springer Reference. Springer-Verlag.
- ↑ „Моро, Эрнст“, Википедия (ruscha), 2023-09-06, qaraldi: 2024-04-06
- ↑ Volpe, Joseph J.. Neurology of the newborn. Saunders/Elsevier, 2008 — 1–648-bet. 9781416039952.
- ↑ Multiple authors. „Moro Reflex - an overview“. ScienceDirect Topics. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
- ↑ Chasnoff, Ira J. (1984). „The Moro Reaction: A Scoring System for Neonatal Narcotic Withdrawal“. Developmental Medicine & Child Neurology. 26-jild, № 4. 484–489-bet. doi:10.1111/j.1469-8749.1984.tb04475.x. ISSN 1469-8749. PMID 6479468.
- ↑ Samuels, Martin A. „Normal Development and Deviations in Development of the Nervous System“, . Adams and Victor's Principles of Neurology, 9th, New York: McGraw-Hill Medical, 2009. 9780071499927. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
- ↑ Agarwal, Anil (December 2012). „Cerebral palsy in children: An overview“. Journal of Clinical Orthopaedics and Trauma. 3-jild, № 2. 77–81-bet. doi:10.1016/j.jcot.2012.09.001. PMID 26403442.
- ↑ 13,0 13,1 Weirich, Angela (2005-10-01). „Ernst Moro (1874–1951)—A great pediatric career started at the rise of university-based pediatric research but was curtailed in the shadows of Nazi laws“. European Journal of Pediatrics. 164-jild, № 10. 599–606-bet. doi:10.1007/s00431-005-1703-2. ISSN 1432-1076. PMID 15931526.
- ↑ Berk, Laura E.. Child Development. Pearson. 978-0-205-61559-9. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.