Morten Agnes Konradsen (norv.: Morten Ågnes Konradsen) 1996-yil 3-mayda Norvegiyaning Bodo shahrida tugʻilgan. Norvegiyalik futbolchi Morten Agnes Konradsen „Bodo-Glimt“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Morten Konradsen Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi Morten Ågnes Konradsen
Tugʻilgan 3-may 1996-yil(1996-05-03)(26 yosh)
Budyo, Norvegiya
Fuqaroligi Flag Norvegii Norvegiya
Boʻyi 175 sm
Vazni 73 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Norvegii Budyo-Glimt
Raqami 16

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Morten Agnes Konradsen oʻz shahri hisoblangan Bodoning „Bodo-Glimt“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilda Morten Agnes Konradsen „Ole Gunnar Solskjær/Statoil“ futbol akademiyasini bitirgan. Shu bilan bir qatorda, Norvegiyaning 17 yoshlilar terma jamoasida o‘ynagan. Morten Agnes Konradsen 2013-yilning 21-aprelida Norvegiya birinchi divizionida „Elverum“ jamoasiga qarshi debyut qildi[1]. Mavsum oxirida Morten klubga elitaga chiqishga yordam berdi. 2014-yilning 13-aprelida Morten Agnes Konradsen „Tippelig“ klubi safida „Sogndal“ga qarshi debyut qildi[2]. 9-noyabr kuni „Viking“ga qarshi duelda Morten Agnes Konradsen „Bodo-Glimt“ [3] safida birinchi golini urdi. 2017-yil 31-iyulda „Bodø/Glimt“ va „Rosenborg Ballklub“ Morten Konradsenning transferi borasida kelishib oldilar. 2017-yil 2-avgustda Morten Agnes Konradsen „Rusenborg“ bilan 2020-yilgacha shartnoma imzoladi.2017-yilning yozida Morten „Rozenborg“ga koʻchib oʻtdi. 14-oktabr kuni „Tromso“ga qarshi oʻyinda Morten Agnes Konradsen yangi jamoada debyut qildi[4]. 2017-yilgi mavsumda u „Eliteserien“ni gʻalaba qozonib, yetakchi boʻlishida yordam berdi. 2018-yilning 26-aprelida Morten Agnes Konradsen jamoasini 2018-yilgi futbol chempionati finalida g‘alaba qozonishga yordam berdi. „Rusenborg“ „Lillestrom“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2018-yilgi mavsumda jamoaga kubokni yutishda yordam berdi. 2018-yilning 15-avgustida Morten Agnes Konradsen „Bodø/Glimt“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Jamoalari tahrir

Nomi Mamlakat Yillar
F. K. Bodø/Glimt   Norvegiya 2012-2017
Rosenborg BK   Norvegiya 2017-2018
F. K. Bodø/Glimt   Norvegiya 2018

Manbalar tahrir

  1. „Будё-Глимт VS. Эльверум 3:0“ (en). soccerway.com (2013—04—21). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  2. „Будё-Глимт VS. Согндал 4:2“ (en). soccerway.com (2014—04—13). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  3. „Будё-Глимт VS. Викинг 3:2“ (en). soccerway.com (2014—11—09). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  4. „Тромсё VS. Русенборг 0:3“ (en). soccerway.com (2017—10—14). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.