MORTILYE (Mortillet) Gabriyel (1821.29.8, Melan - 1898.25.9, SenJermen-an-Le) — fransuz arxeologi. 1868—85 yillarda Sen-Jermen muzeyida qad. davr boʻlimining xodimi va boshligʻi. Tosh qurollarning shakli, vazifasi va geologik sanasiga qarab, paleolit madaniyati rivojlanishining bir necha bosqichga boʻlinishini koʻrsatgan va xronologik tasnifini ishlab chiqqan. U Ch. Darvin tarafdori, evolyusionist boʻlgan. Biroqhayvon vaoʻsimliklar dunyosining rivojlanish qonunlarini ibtidoiy jamiyat va moddiy madaniyat predmetlarining shakllari rivojiga tatbiq etish mumkin deb xatoga yoʻl qoʻygan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil