Morze apparati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Morze apparati — signallarni Morze kodi vositasida uzatuvchi va qabul qiluvchi elektromagnit telegraf apparati. S. Morze 1844-yil yaratgan va amalda qoʻllagan. Tuzilishi oddiy, puxta ishlaydi, lekin signallarni uzatish va kabul kilish tezligi kichik. Morze apparati, asosan, uzatkich (kalit) va kabul qilgichdan iborat (rasmga k,.). Signallarni uzatish uchun kalit K bilan batareya B toki zanjirini Morze kodiga mos holdaulabuziladi. Elektromagnit E dan tok oʻtib, oʻzak yakor Ya ni tortadi. Natijada boʻyoq surtilgan yozuv gʻaptagi (PK) lentaga tegib, unda uzunqisqa iz qoldiradi. Lentani soat me-xanizmi uzluksiz surib turadi. Lentaning tezligi 160—180 sm/min, boʻlishi mumkin. Morze apparati vositasida soatiga 950— 1100 soʻzni 5 mm li poʻlat sim orqali 500 km gacha uzatish mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |