Morze kodi, Morze alifbosi — telegraf aloqada qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi; nuqta va tirelardan iborat. S. Morze tujt. Harbir harfga muayyan nuqta va tirelar uygʻunlashuvi (kombinatsiyasi) toʻgʻri keladi. Nuqta va tirelar elektr toki impulslari tarzida uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda qisqa boʻlib, har qaysi belgini belgilashda elementlar soni har xil (oʻzgaruvchan kod) yoki bir xil (oʻzgarmas kod) boʻlishi mumkin. Kod elementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli va boshqa xillarga boʻlinadi. Morze kodi Morze apparati yordamida uzatiladi. Oʻzgaruvchan koddan kamroq, oʻzgarmas koddan koʻproq foydalaniladi. Bunda nuqta va tire oʻrnida plyus (+) va minus (—) belgilari ishlatiladi. Morze kodi hozir asosan radiohavaskorlik aloqa tizimida qoʻllaniladi (2003).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil