Mosesbrunnen (Muso favvorasi) — Shveytsariyaning Bern shahridagi Eski shahar qismi Münsterplatzdagi favvora. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektli[1] va Bernning eski shahar qismi YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan

Muso oʻn ilohiy amr yozilgan taxtachani tutgan holda .

Tarixi

tahrir

Haykal 1544-yilda bunyod etilgan. Boʻrondan keyin u 1790-1791-yillarda qayta tiklandi. Louis XVI uslubidagi havza Niklaus Sprüngli tomonidan ishlab chiqilgan. Haykal Musoning Isroil qabilalariga Oʻn Ilohiy amrni olib kelganligini anglatadi[2]. Musoning boshidan chiqib turgan ikkita yorugʻlik nuri tasvirlangan, bu Injilning 34:29-35 oyatini oʻzida aks ettiradi, unda Xudo bilan uchrashgandan soʻng Musoning yuzi yoqin nur tarata boshlagani haqida yozilgan.

Aksariyat sharhlovchilar Jeromeni ilohiy kitobdagi oddiygina krān (qāran) soʻzini „nurli“ emas, balki „shoxli“ deb notoʻgʻri tarjima qilinganini aytishdi. Ammo MakGill universitetining yahudiyshunoslik fakulteti aspiranti Bena Elisha Medjuk, 1988-yilgi "Chiqish 34:29-35: Bibliyaning dastlabki tarjimasi va talqinidagi Musoning „shoxlari“" dissertatsiyasida murakkabroq tushuntirishni taklif qilgan.[1] Medjuk buni shunday tushuntiradi: Jerome qaronning oʻzgaruvchan maʼnolarini ham, oʻzining zamondosh yahudiy olimlarining keng tarqalgan tarjimasini ham yaxshi bilgan — ular bilan maslahatlashgan! Jerome matnga sodiq metafora sifatida „shoxli“ tarjimani tanladi: Musoning kuchi va hokimiyatining tasviri hamda Rabbiyni ulugʻlash maʼnolarini anglatishi uchun! Jerom buni hatto oʻzining sharhida ham tushuntirib berdi![3]

Qadimgi sivilizatsiyalar tomonidan shoxlar deyarli universal tarzda koʻrib chiqildi, ular ming yillar oʻtib nasroniylar uchun salbiy yoki iblisning timsoli sifatida emas, balki kuch ramzi sifatida qarala boshlandi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn va Attila Hun shox kiygan humkdorlar sifatida tasvirlangan. Mellinkoff shoxli dubulgʻalarni koʻpincha ruhoniylar va podshohlar kiyib yurishganini eslatib oʻtiladi, dubulgʻadagi shoxlar ularga ilohiy kuch va hokimiyat berilganligini bildiradi.

Bu ikki soʻzning toʻgʻri talqini shundaki, Muso maʼrifatli boʻlgan, King James Versiyasida aytilganidek, „uning yuz terisi porlagan“ (diniy ikonagrafiyadagi Halo kabi)[4].

Septuaginta ibroniycha ibora δεδόξασται ἡ ὄψις ni „uning yuzi ulugʻlandi“ deb to‘g‘ri tarjima qilgan.lekin Jerome bu iborani lotin tiliga cornuta esset facies sua „uning yuzi shoxli edi“ deb tarjima qilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Kantonsliste A-Objekte:Bern“ (German). KGS Inventar. Federal Office of Civil Protection (2009). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
  2. Flüeler. Kulturführer Schweiz. Zurich, CH: Ex Libris Verlag AG, 1982 — 72–73-bet. 
  3. „Ki Tissa: Moses' Horns: Not a Mistranslation“. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Moses horns“. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-sentyabr. accessed April 25, 2008

46°56′51″N 7°27′02″E / 46.947365°N 7.450525°E / 46.947365; 7.450525 (Mosesbrunnen)