Moshaklar (Calidris) - balchiqchilar turkumiga mansub qushlarning bir urugʻi. M. barmoqlarining orasida suzgich parda boʻlmasligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. Shim. yarim sharda keng tarqalgan. Dengiz, dare va koʻl qirgʻoqdariga uya yasaydi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Qishlash uchun kuzda Afrikaga uchib ketadi. Oʻzbekistonda M.ning qiziltomoq, qoratomoq, oqdum turlari uchraydi. M. hasharotlar va ularning lichinkalari, mollyuskalar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Goʻshti uchun ovlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil