Moskva qoʻzgʻoloni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Moskva qoʻzgʻoloni (1382) - Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishning yurishi vaqtida Moskvani tashlab qochgan zodagonlar va knyazlik maʼmuriyati xodimlariga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Kulikovo jangi (1380)dan soʻng, Oltin Oʻrda oʻz mavqeini tiklash uchun Toʻxtamish boshchiligida Rus yerlariga hujum qilishga qaror qilgan. Moʻgʻullarning yaqinlashib kelayetganidan xabar topgan Moskva knyazi D. I. Donskoy koʻngilli askarlar toʻplash uchun Kostromaga joʻnagan. Shaharliklar "echesi va qoʻshni qishloq deqqonlari Moskva mudofaasini tashkil etishgan. Qamal paytida moskvaliklar Rusda 1marta oʻt ochar qurolni qoʻllab dushman xujumini qaytarishgan, 3 kunlik (23—26 avgust) qamaldan soʻng, Toʻxtamish qoʻshinida boʻlgan SuzdalNijniy Novgorod knyazlari Vasiliy va Semyon Dmitriyevichlarning xo-inligi tufayli Kremlni moʻgʻullar bosib olib, shaharni vayron qilishgan. Moskva qoʻzgʻolonida 24 ming kishi halok boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |