Mota (Gujarat)
Mota — Hindistonning Gujarat shtatidagi qishloq, shimolda Bardoligacha 5 km va sharqda Suratdan 32 km uzoqlikda joylashgan.
Mota | |
---|---|
qishloq | |
21°5′24″N 73°0′36″E / 21.09000°N 73.01000°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Shtat | Gujarat |
Tuman | Surat |
Markazi balandligi | 21 m |
Aholisi (2001) |
11 000 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Telefon kodi | 02622 |
Pochta indeks(lar)i | 394 345 |
Avtomobil kodi | GJ-19 |
|
Demografiyasi
tahrir2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Mota aholisi 11 000 ga yaqin edi. Motada Patidars (Leva va Chorotariya) Patels va Koli Patelsning katta aholisi isteqomat qiladi. Boshqa guruhlarga: Brahmanlar, Anavillar, Vaishanavlar, Parmarlar va boshqalar kiradi. Hozirda Motada 26 ta kasta istiqomat qiladi. Dunyo boʻylab esa 300 ga yaqin Mota oilasi istiqomat qiladi: 250 ga yaqin oila AQShda va bir nechtasi Yangi Zelandiya va Janubiy Afrikada yashashi aniqlangan[1].
-
Mota maktabi
-
Mota ingliz o'rta maktabi
Taʼlim tizimi
tahrirMotadagi taʼlim Mota Kelavani Mandal (Taʼlim kengashi) tomonidan ishlab chiqilgan. Ular gujarati va ingliz tilidagi „Balmandir“ (KG) va „Oʻrta maktab“ ga ega. Oliy oʻrta taʼlim maktabi va yotoqxonalar boshqaruv tomonidan taʼminlangan.
Tarixi
tahrir-
Rameshvar Mandir
-
Bahucharama Mandir
-
Neelkanth Mahadev
-
Sardor Chok
Muktapuri, hozirgi Mota qishlogʻi, juda koʻp kichik ibodatxonalarga ega va kichik ziyoratgohga oʻxshaydi. Bu haqda Puranas kitobida ham aytilgan. Tapi Puranada (36-bob) bu haqda eslatib oʻtilgan.
Ravanani oʻldirgandan soʻng, Lord Ram doshaga ega boʻlib, u xudo boʻlishdan tashqari ikkita soyani oʻzida aks ettirdi. U Mukteshvarning hozirgi joyiga yetadi va u yerda bir soya gʻoyib boʻladi. Shunday qilib, Ram yerni muqaddas deb biladi hamda puja va yagya qildi. Shuning uchun uning nomi Mukteshvar, qishloq esa Muktapuri deb nomlandi.
Yagyani tugatgandan soʻng, Ram oldinga yuradi va Rameshvar Mahadevning hozirgi joyiga yetib boradi. U Brahmanlar uchun ovqatlar hozirlaydi va suvga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun Gangasma nomli oʻqdan foydalangan. Qoidaga koʻra, Lord Shivaga sajda qilish uchun ovqatdan oldin u oʻq otgan joydan qoʻliga qum olib, Mahadev Lingamga oʻrnatdi. Va keyin uning boshqa soyasi gʻoyib boʻladi. Yillar oldin qilingan qum shaklidagi lingam hali ham mavjud. Agar Rameshvarga eʼtiqod bilan sajda qilinsa, doshalaringiz yoʻqoladi va barcha istaklaringiz Rameshvar neʼmatlari bilan amalga oshadi deya ishoniladi. Motadagi lord Brahma ibodatxonalari Hindistonda juda oz, biri Puskar Rajastanda va biri Mota Gujaratda joy olgan.
-
Rameshvar tarixi
-
Rameshvar tarixi
Motada toʻqqizta qadimiy ibodatxona faoliyat yuritadi(Rameshvar Mahadev, Nilkantha Mahadev, Mukteshvar Mahadev, Serveshvar Mahadev, Bahuchera Mata, Narmadeshvar Mahadev, Xodiyar Mata, Ram Mandir, Bhutnath Mundir, Xoxali Mata, Mahalaxmi Mata).