Moussa Sow (1986-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi, Turkiyaning „Ümraniyespor“ klubi hujumchisi. Fransiyada tugʻilgan boʻlsa-da, u xalqaro oʻyinlarda Senegal safida toʻp surgan va 50 oʻyinda 18 ta gol urgan. U oʻzining chalqancha zarbasi[2], shuningdek, gol ura olmaganida yoki jamoa magʻlub boʻlganida yigʻlash kabi hissiy reaksiyalari bilan mashhur edi[3].

Moussa Sow
2018-yil Sow Senegal safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Moussa Sow
Tavallud sanasi 19-yanvar 1986-yil (1986-01-19) (38 yosh)
Tavallud joyi Mantes-la-Jolie, Fransiya
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2002 Mantes
2002-2003 Amiens
2003-2004 Rennes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2010 Rennes 82 (12)
2007-2008 Sedan (ijara) 30 (6)
2010-2012 Lille 54 (31)
2012-2015 Fenerbahçe 108 (52)
2015-2017 Al Ahli 24 (14)
2016-2017 Fenerbahçe (ijara) 25 (12)
2017-2018 Shabab Al-Ahli 8 (1)
2018 Bursaspor (ijara) 11 (4)
2019 Gazişehir Gaziantep 15 (4)
2020-2021 Ümraniyespor 13 (3)
Milliy terma jamoa
2004-2005 Fransiya U19 5 (7)
2009 Fransiya U21 2 (0)
2009-2018 Senegal 50 (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Lille tahrir

 
Sou „Lille“ tarkibida

24 yoshli hujumchi „Rennes“ bilan shartnomasi yakuniga yetganidan soʻng, 2010-yilning 28-iyunida „Lille“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. Sow oʻzining sobiq jamoasi „Rennes“ mehmoni boʻlib, 1:1 hisobida „Lille“dagi debyutida gol urdi[5]. Ammo Moussa Sow ligada 19-sentabr kuni 90-daqiqada urilgan golga qadar boshqa gol ura olmadi. „Auxerre“ga qarshi kechgan qiyin uy bahsida Sowning goli „Lille“ga uch ochkoni taqdim etdi[6].

Fenerbahçe tahrir

 
Sow 2014-yilda „Fenerbahche“ safida

2012-yilning 27-yanvarida Fenerbahçe Sowni 10 million yevroga sotib oldi[7]. U 2015-16-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldi va 4,5 yillik shartnoma imzoladi[8]. Sow 2012-yilning 5-fevralida ligadagi raqibi „Beshiktosh“ga qarshi o‘yinda debyut qildi[9]. 18-mart kuni u „Galatasaroy“ darvozasiga derbidagi birinchi golni urdi[10]. U 2012-yil 12-aprelda Turkiya kubogi chorak finalida jamoasiga penaltilar seriyasida yarim finalga chiqishga yordam berdi va „Kayserispor“ga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi.

Al Ahli tahrir

2015-yilning 29-avgustida „Al Ahli“ Sowni 16 million yevro evaziga sotib oldi[11].

"Fenerbahçe"ga ijara asosida qaytish tahrir

2016-yil 31-avgustda Sow Fenerbahçega qaytishni xohladi va Al Ahlidan bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida Fenerbahçega qaytdi[12]. 2016-yilning noyabr oyida Fenerbahçe tarkibida oʻzining chalqancha zarbasi bilan bir necha bor urgan ajoyib gollari sharafiga Sowning nomi va raqami teskarisiga yozilgan koʻylaklarni sotishni boshladi, tarkibda u hatto xet-trik ham qayd etdi[13][14]. 2016-yil 8-dekabrda Sow yana bir chalqancha zarbasini amalga oshirdi va UEFA Yevropa ligasida jamoasining „Feyenoord“ga qarshi safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishini taʼminladi[15].

Bursasporga ijaraga tahrir

2018-yilning yanvarida Sow 2017-18-yilgi mavsum oxirigacha „Al Ahli“dan „Bursaspor“ga ijara asosida oʻtdi[16].

Gazişehir Gaziantep tahrir

2019-yil 28-yanvarda Sow Gazişehir Gaziantep bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[17].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2010-yil 5-sentabrda Sow 2012-yil Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o‘yinda (4:0) Senegal termasi safida o‘zining birinchi golini kiritdi. U saralash bosqichida yana uch bor, shuningdek, turnir finalida Ekvatorial Gvineyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda ham bitta gol urdi[18].

2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Sow jamoasi ochilish oʻyinida Ganani 2:1 hisobida magʻlub etdi, Sow Senegalning gʻalaba golini kiritdi[19].

2018-yilning may oyida u Senegalning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[20].

U 2018-yilning avgustida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi[21].

Faoliyatidagi statistikasi tahrir

Klub bilan tahrir

Klub safida mavsum va turnirlardagi oʻyin va gollari
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Rennes 2004-05 Ligue 1 3 0 1 0 0 0 4 0
2005-06 7 0 0 0 2 0 9 0
2006-07 14 0 1 1 0 0 15 1
2007-08 2 0 0 0 0 0 2 0
2008-09 32 9 8 3 5 1 45 13
2009-10 24 3 2 2 0 0 26 5
Umumiy 82 12 12 6 7 1 101 19
Sedan (ijara) 2007-08 Ligue 2 30 6 0 0 0 0 30 6
Lille 2010-11 Ligue 1 36 25 7 0 8 1 51 26
2011-12 18 6 1 1 6 3 25 10
Umumiy 54 31 8 1 14 4 76 36
Fenerbahçe 2011-12 Süper Lig 12 7 2 1 0 0 14 8
2012-13 31 15 7 1 16 3 54 19
2013-14 30 15 1 0 4 1 35 16
2014-15 33 14 7 2 0 0 40 16
2015-16 2 1 0 0 3 0 5 1
Umumiy 108 52 17 4 23 4 148 60
Al-Ahli 2015-16 UAE Pro League 24 13 6 3 0 0 30 16
Fenerbahçe (ijara) 2016-17 Süper Lig 24 12 5 1 7 2 36 15
Shabab Al-Ahli Club 2017-18 UAE Pro League 8 1 0 0 0 0 8 1
Bursaspor (ijara) 2017-18 Süper Lig 11 4 1 0 0 0 12 4
Gazişehir Gaziantep 2018-19 Süper Lig 15 4 0 0 0 0 15 4
Umumiy 356 134 49 15 51 11 456 160

Terma jamoa safida tahrir

Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Senegal 2009-yil 3 0
2010-yil 5 2
2011-yil 5 3
2012-yil 4 1
2013-yil 6 2
2014-yil 5 1
2015-yil 3 1
2016-yil 1 1
2017-yil 10 5
2018-yil 2 0
Jami 44 16

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

  • 1-liga: 2010-11
  • Fransiya kubogi: 2010-11

Fenerbahce

  • Superliga: 2013-14
  • Turkiya Kubogi: 2011-12, 2012-13
  • Super Kubok: 2014-yil

Al-Ahli Dubay

  • BAA Pro-ligasi: 2015-16

Terma jamoa bilan tahrir

Fransiya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati: 2005-yil

Shaxsiy sovrinlari tahrir

  • Yilning CAF ramziy jamoasi aʼzosi: 2011[22][23]
  • Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari: 2010-11
  • Liga 1 mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2010-11

Manbalar tahrir

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
  2. „Moussa Sow'un golü rekor kırdırdı!“ (tr). www.hurriyet.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  3. Sporx. „Moussa Sow sahada ağladı! - Fenerbahçe“ (tr-TR). Sporx (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  4. „Moussa Sow au LOSC jusqu'en 2013“. Losc.fr (2012-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  5. „Sow secures point for Lille“. Soccernet.espn.go.com (2010-yil 7-avgust). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  6. „Sow sinks Auxerre“. Soccernet.espn.go.com (2010-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  7. „Moussa Sow'un transferi konusunda taraflarla anlaşıldı“. Kap.gov.tr (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  8. „Moussa Sow has signed a 4.5-year contract with Fenerbahçe“. Turkish-football.com (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  9. „Fenerbahçe 2–0 Beşiktaş“. Fenerbahce.org (2012-yil 5-fevral). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  10. „Fenerbahce 2-2 Galatasaray: Fenerbahce score two great goals, then go too defensive“. Zonal Marking (2012-yil 18-mart). 2017-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.
  11. „Al Ahli set to beat Sunderland to signing of Fenerbahce striker Moussa Sow“. thenational.ae (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
  12. „Moussa Sow İstanbul'da“. Fenerbahçe S.K. (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 8-noyabr.
  13. „Moussa Sow is so good at overhead kicks that Fenerbahce now sell UPSIDE DOWN versions of his shirt“. Daily Mirror (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  14. „(ÖZET) Çaykur Rizespor Fenerbahçe maç sonucu: 1-5“. Fanatik (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  15. „Remember Moussa Sow's bicycle kick against Manchester United? He's only gone and done it again“. sportsjoe.ie (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
  16. „Moussa Sow joins Turkish Super Lig outfit Bursaspor from Shabab Al-Ahli“. Goal (2018-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 27-mart.
  17. „Moussa Sow: İnsanlar şunu bilsin, transferim...“ (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  18. „Africa Cup of Nations: Equatorial Guinea in quarters as Senegal crash out“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 24-yanvar.
  19. „Ghana 1-2 Senegal“. BBC (2015-yil 19-yanvar).
  20. Crawford. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  21. Okeleji, Oluwashina. „Senegal striker Moussa Sow announces his international retirement“. BBC Sport (2018-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  22. „2011 CAF Awards“. Confederation of African Football. 2015-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  23. „CAF - CAF Awards - Previous Editions - 2011“. CAF. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.