Moviy masjid (Hazrat Ali maqbarasi) (forscha: مسجد کبود; dari. مسجد کبود) — Afgʻonistondagi Balx viloyatining Mozori Sharif shahri markazida joylashgan meʼmoriy majmua. Tarkibiga masjid va maqbara kiradi[1]. Alining qabri joylashgan ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. 1481-yilda bunyod etilgan. Binokorlik tashabbuschisi Husayn Boyqaro, bosh meʼmor — Kamoliddin Binoiy[2].

Masjid
Moviy masjid
Hazrat Ali maqbarasi

forscha: مسجد کبود
dari. مسجد کبود
Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg
Mamlakat  Afgʻoniston
Hudud Balx viloyati
Shahar Mozori Sharif
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor davlat mulki
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Meʼmor Kamoliddin Binoiy
Binokorlik tashabbuschisi Husayn Boyqaro
Homiylar Husayn Boyqaro
Binokorlik sanasi 1481-yil
Maqomi amaldagi
Gumbazlar soni 2
Minoralar soni 2
Holati Jomeʼ-masjid
Tarovih Yes check.svg
Saharlik va iftorlik Yes check.svg

TarixiTahrirlash

Dunyoda bir nechta ziyoratgohlar Muhammad paygʻambarning amakkivachchasi, kuyovi, hamda oxirgi Roshidunlardan boʻlgan va Hazrat deya tilga olinadigan Ali nomi bilan bogʻlanadi. Moviy masjidning joylashgan oʻrni ham shunday ziyoratgohlar sirasiga kiradi[2].

Aytilishicha, Hazrat Alining jasadi, uning vasiyatiga koʻra, dastlab Bagʻdod yaqinidagi Najaf shahrida dafn etilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Hazrat Alining avlodlariga hurmatsizlik koʻrsatilgandan soʻng, uning jasadi Abu Muslim tomonidan Balxga olib boriladi va Hayron degan qishloqda yashirincha koʻmiladi[2].

 
Sulton Husayn Boyqaro. 1490-yillar. Kamoliddin Behzod chizgan rasm. Stokgolm, Milliy galereya

Rivoyatlarga koʻra, Saljuqiylar hukmronligi davrida, Balxda Alining gʻishtin qabri Hayron qishloq aholisining yerga ishlov berish ishlari mobaynida tasodifan aniqlanadi. Unda Qurʼon, qilich va goʻyoki, yaxshi holatda saqlanib qolgan Hazrat Alining jasadi boʻladi[3]. Qabr ustiga Sulton Sanjar (1118—1157) tashabbusi bilan maqbara quriladi. XIII asrda, Moʻgʻullar istilosi sabab qabr koʻmib yuboriladi. 1481-yilga kelib esa, maqbara qayta ochiladi. Shu yilning oʻzida, Husayn Boyqaro (1469—1506) tashabbusi bilan bu yerda meʼmoriy majmua: yangi maqbara va katta masjid quriladi. Masjidning gumbazlari moviy rangda boʻlgani bois majmua xalq orasida Moviy masjid deya atala boshlaydi[2].

Keyinchalik Hazrat Ali mozori joylashgan qishloq katta shahar qiyofasini oladi va Hazrat Ali sharafiga Mozori Sharif deya yuritila boshlaydi[2].

Aytilishicha, masjidga har kuni mingdan ortiq ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Moviy masjidga musulmon boʻlmaganlar tashrifi alohida toʻlov orqali amalga oshirilsada, ularga maqbaraga kirish taʼqiqlab qoʻyilgan[3].

2019-yilda, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon asotsiatsiyasi delegatsiyasi uchun Hazrat Ali maqbarasini ziyorati uyushtirilgan[4].

MeʼmorchiligiTahrirlash

Moviy masjidda Husayn Boyqaro davridagi asl bezaklardan koʻpisi omon qolmagan. Koshin parchinlarining aksariyati XIX—XX asrlarda, tiklash va restavratsiya ishlari olib borilganda tayyorlangan[3].

Majmua hovlisida Hazrat Alining maqbarasi va boshqa ba'zi avliyolarning qabrlari joylashgan[3].

RivoyatlarTahrirlash

Majmua hududida anʼanalarga koʻra oq kabutarlarning suruvi yashaydi. Mahalliy aholi ushbu kabutarlardan biri ruh ekanligiga ishonadi. Mahalliy eʼtiqodga koʻra, majmua hovlisida qoʻnim topgan va hattoki eng keng tarqalgan qushlar ham, bu yerning adolati tufayli, vaqt oʻtishi bilan goʻyoki oq rangga boʻyanishadi[3].

ManbalarTahrirlash