Moxorovichich yuzasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Moxorovichich yuzasi - Yer poʻsti bilan mantiyasi orasidagi chegara. Moxorovichich yuzasi dastlab 1909-yilda Bolkrn zilzilalaridan tarqalgan seysmik toʻlqinlarni oʻrganish natijasida aniqlangan. Boʻylama seysmik toʻlqinlar tezligi Moxorovichich yuzasini kesib oʻtganda (yuqoridan pastga) sakrab boradi. Moxorovichich yuzasida boʻylama seysmik toʻlqinlar tezligi Moxorovichich yuzasi ustida 6,9—7,5 km/sek., ostida 8,0—8,2 km/ sek.ga teng. Koʻndalang toʻlqinlarning tezligi Moxorovichich yuzasi ustida 3,6—4,2 km/sek., ostida 4,4—4,7 km/sek. Moxorovichich yuzasi okeanlar tubida 10–12 km, togʻlik joylarda 60– 70 km chuqurlikda joylashgan. Oʻzbeki-stonning Fargʻona vodiysida 55 km, Toshkent vohasida 40–45 km, Qizilqumda 35 km ga yetadi. Pomir togʻlarida esa 80–85 km. Moxorovichich yuzasining tabiati haqida seysmolog olimlar orasida hanuzgacha yagona fikr yoʻq. Bu sohada amaliy va nazariy izlanishlar davom etmoqda. Moxorovichich yuzasini ilmiy oʻrganish Yer pusti evo-lyusiyasini aniqlash va qazilma boyliklarning paydo boʻlishi jarayonini bilish, ularni qidirib topishda ahamiyati katta. Moxorovichich yuzasi uni kashf qilgan xorvatiyalik seysmolog A. Moxorovichich (1857—1936) nomi bilan atalgan. Yana qarang Yer.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |