Moyqaragʻan (Calophaca tianschanica) — burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 20—75 sm. Bargi patsimon, qattiqtukli, uz. 4–5 mm. Guli 2— 8 tadan toʻdalangan. Dukkagi bir uyali, silindrsimon, uz. 22–32 mm. Urugʻi qoʻngʻir, uz. 3–4 mm. Iyun—iyulda gullab, iyul—avgustda meva tugadi. M. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining togʻliq tumanlarida usadi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil