Mu’in an-Nasafiy yodgorlik majmuasi

„Mu’in an-Nasafiy“ yodgorlik majmuasi – Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti hisoblanadi. Mazkur obyekt X—XI asrlar davomida qurib bitkazilgan. Majmua Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Qovchin qishlogʻida joylashgan[1]. Inshoot davlat mulki boʻlib, Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida) amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[2][3].

„Abu Mu’in an-Nasafiy“ yodgorlik majmuasi.
Muqobil nomlari an-Nasafiy ziyoratgohi
Umumiy maʼlumot
Maqomi ziyoratgoh
Manzili Qovchin qishlogʻi
Shahar Qarshi tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan X asr
Qurilishi tugagan XI asr
Egasi Davlat muhofazasida

Joylashuvi

tahrir

Mu’in an-Nasafiy yodgorlik majmuasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Qovchin qishlogʻi hududida joylashgan.

Tuzilishi

tahrir

Mu’in an-Nasafiy yodgorlik majmuasida XI asrga oid quduq va XIII asrda bunyod etilgan eski masjid joylashgan. Bugungi kunda majmua tarkibida yangi masjid, kutubxona, maʼmuriyat binosi va muzey qurilgan. Mazkur muzeyda Abu Mu’in an-Nasafiyning hayoti va asarlari multemedia vositalari orqali namoyish etiladi. Shuningdek, qadimiy Samarqand qogʻoziga yozilgan Qur’oni karimning asl nusxasi hamda matoga toʻqib yozilgan oyatlar ham muzey eksponatlari hisoblanadi. Qur’on XVII asrda arab tilida va nastaliq yozuvida bitilgan. U 1968-yili maqbara devorlari orasidan topilgan. Muzey jami 11 ta boʻlinmadan tashkil topgan. Kutubxonaning muzeyning yonida barpo etilgan[4].

Oʻrganilinishi

tahrir

Imom Moturudiy maqbarasini tiklash davomida koʻplab islom dini ulamolarining qabrlari topilgan. Ularning qabrlariga qabrtosh sifatida qayroq toshlardan foydalanilgan. Sababi bu hududda qayroq toshlarni topish oson. Shuningdek, uning ustiga yozish ham birmuncha oson. Aniqlangan qabr egalarining katta qismi qoraxoniylar davrida yashaganligi maʼlum boʻlgan.

Maqbara hududida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining arxeologiya instituti va Samarqand hamda Toshkent muzeylaridagi islomshunos olimlar B.Bobojonov, A.Moʻminov, U.Rudolf tomonidan tadqiqotlar oʻtkazilgan[5]. Tadqiqotlar natijasiga koʻra maqbara yaqinidan Chokardiza qabristoni topilgan. Bu yerda jami 100 ta qayroqtosh topilgan.

Taʼmirlanishi

tahrir

Majmua 2021-yilning oktyabr oyida rekonstruksiyadan soʻng qayta ochildi. Ziyoratgohda muzey tashkil etilib, unda Shahrisabzdagi tarixiy yodgorliklar saqlanadi[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan travel.
  2. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  3. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  4. „Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining faol yoshlari Аbu Mu'in an-Nasafiy maqbarasini ziyorat qilishdi“. UNG Shurtan GKM.
  5. B.M. Babadjanov; L.N. Dodxudoyeva; A.K. Muminov; U. Rudolf. Epitafii musulmanskix uchenыx Samarkanda (X-XIV veka) Vvedeniye, pod­gotovka k izdaniyu originalnыx tekstov, perevodы, kommentarii:. Istanbul: IRSIKA, 2019-yil. 
  6. „Abu Muin Nasafiy ziyoratgohiga keluvchi sayyohlar soni oshdi“ (2022-yil 11-avgust).